Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Muhim ma'lumotlar

Baroat kechasining fazilatlari va u kecha bilan bog‘liq bid'atlar

 
 

O‘tgan va hozirgi zamonlarda ma'lum bo‘lmoqdaki, bu kecha borasida ba'zi odamlar haddan oshsalar, ba'zilar ibodatga beparvo bo‘lmoqdalar. Shuning uchun bu kechaning fazilatlari hamda bu kechaning fazilatlaridan mahrum bo‘luvchi shaxslar hamda bu kecha bilan bog‘liq ravishda keyiin paydo bo‘lgan bid'atlarga batafsil nazar solamiz.

Baroat kechasida Allohning rahmatidan mahrum shaxslar
1. Musulmonlarga gina saqlovchi;
2. Shirk keltiruvchi;
3. Nohaq odam o‘ldiruvchi;
4. Zino qiluvchi;
5. Silai rahmni uzuvchi;
6. Shim yoki shalvorini (manmanlik bilan) to‘pig‘idan pastga tushirib, sudrab yuruvchi;
7. Ota onasiga oq bo‘luvchi;
8. Doimiy hamr ichuvchi.
9. Kin va bug‘z (adovat, kek saqlash)

Biror kishiga achchiq qilib, unga nisbatan qalbidagi narsani chiqara olmasa, uning sababidan qalbida og‘irlik paydo bo‘lsa, bu kin deyiladi. Uning boshqa nomi bug‘zdir. Kin va bug‘z shunchaki bir gunoh yoki ayb emas, balki u deyarli barcha gunohlarning onasidir. Imom G‘azzoliy rahimahulloh aytadilar: «Achchiqlanishdan kin, kindan sakkizta gunoh paydo bo‘ladi:

1. Hasad.
2. Shamotat (birovning ustidan kulish).
3. Salomga javob bermaslik.
4. Past nazar bilan qarash.
5. Birovni g‘iybat va tuhmat bilan tilga olish.
6. Birovni masxara qilish.
7. Imkon topsa, birovga ozor yetkazish.
8. Birovning haqlarini ado qilmaslik» («Kimyoi saodat»).

Yana hadislarda bayon etilishicha, qalbida kin va bug‘z o‘rnashgan odamning gunohi kechirilmaydi («Mishkotul masobih»). Boshqa ko‘pgina hadislarda ginaning qanchalik yomon illat ekani aytib o‘tilgan va mazammat qilingan. Shuning uchun har bir mo‘min musulmon bunday yomonlikdan saqlanishi lozim. Birorta odamdan jaxli chiqqanda uni tezda kechirib yuborish, unga nisbatan dilida birorta yomon gap saqlab qo‘ymaslik, u bilan bordi-keldi va salom-alikni uzmaslik ushbu illatdan saqlanishning yo‘llaridir.

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati.


Kiritilgan vaqti: 27/03/2021 11:39;   Ko‘rilganligi: 87
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/reference/baroat-kechasining-fazilatlari-va-u-kecha-bilan-bogliq-bidatlar
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:00