Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Muhim ma'lumotlar

Baroat kechasi bor narsami? Va unga tegishli hukmlar

 
 

Yuqorida kelgan hadisi shariflar bilan baroat kechasining qanchalik fazilatli va ulug‘ kecha ekani sobit bo‘ladi. U kechaning fazilati haqida o‘nta ulug‘ sahobiylardan rivoyatlar naql qilingan.

Ular Abu Bakr Siddiq, Ali Murtazo, Oishai Siddiqa, Mu'oz ibn Jabal, Abu Hurayra, Avf ibn Molik, Abu Muso al-Ash'ariy, Abdulloh ibn Amr ibn Os, Abu Sa'laba al-Xushaniy, Usmon ibn Abul Os roziyallohu anhumodir. Shuningdek, baroat kechasi haqida bir qancha katta tobe'inlardan ham rivoyatlar naql qilingan. Yuqorida ulardan qilingan rivoyatlar birin-ketin keltirilib, ular borasida jarh va ta'diyl imomlarining bahslarini hoshiyalarda berib borildi. Bu ulug‘ kecha borasida shunchalar ko‘p rivoyatlar mavjudki, agar biror kishi baroat kechasining fazilatini inkor qilsa, bas, u bu kechaning fazilatlaridan mahrum bo‘libdi.

Ko‘rshapalak kunduzi ko‘rmasa, oftob nurida nima gunoh?!

Ahli sunna val jamoa baroat kechasining ulug‘ligi va fazilatli kecha ekaniga doimiy ravishda e'tiqod qilib kelganlar.

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/03/2021 13:52;   Ko‘rilganligi: 62
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/reference/baroat-kechasi-bor-narsami-va-unga-tegishli-hukmlar
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 20:19