Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

 
 

Imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markaz Imom Buxoriy xalqaro markaz qoshida tashkil etilgan. Shu kunga qadar Respublikamizdagi barcha imom-xatiblar, otinoyilarning malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tgan edi. Joriy yilning 18 fevral kuni birinchi marta imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Birinchi bosqichda Samarqand shahardan 17 nafar, Samarqand tumanidan 3 nafar imom noiblari mashg‘ulotlarda qatanashmoqda. Shuningdek, markaz mintaqaviy bo‘lgani uchun Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlaridan kelgan imom noiblar ham ushbu markazda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish darslarida ishtirok etmoqda.

Tinglovchilar islomshunoslik - islom tarixi va manbashunoslik, qur'onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi yo‘nalishida umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv mashg‘ulotlari 3 martga qadar davom etadi.


Kiritilgan vaqti: 20/02/2021 12:08;   Ko‘rilganligi: 102
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/press/seminars-briefings/imom-noiblar-uchun-malaka-oshirish-oquvlari-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 17:50