Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Anjumanda kirish so‘zlari aytildi

 
 

Anjumanda dastlab Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, barcha qatnashchilarni ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida ko‘rib turganligidan mamnun ekanligini ta'kidlar ekan, bu ilmiy anjumanning Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani va unda ishtirok etayotgan mehmonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish biz uchun yuksak faxr, deb aytdi.

Shuningdek, buyuk muhaddis Imom Buxoriy avlodlarga qoldirgan boy ilmiy meros, ularni o‘rganish, yosh avlodni millatlararo, dinlararo bag‘rikenglik, tinchlik-totuvlik kabi islom dinining asl qadriyatlarini sog‘lom anglash va ularga sadoqat ruhida tarbiyalashda xizmat qilishini ta'kidladi.
Anjumanda shuningdek, Vazirlar mahakamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, Afg‘oniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy, Tojikiston Respublikasi Islom markazi raisi Saidmukarram Abdulqodirzodalar kirish nutqi so‘zladilar.

Anjuman davom etmoqda.....

    

 


Kiritilgan vaqti: 15/03/2021 11:40;   Ko‘rilganligi: 87
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/press/seminars-briefings/anjumanda-kirish-sozlari-aytildi
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:51