Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Qirg‘iziston prezidenti Toshkentga tashrifidan keyin bergan intervyusida Qirg‘iziston va O‘zbekistonni taqqoslab shunday dedi:

 
 

«O‘zbekistonga borganda rosa uyaldim. Bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi»


«Kuni kecha O‘zbekistonga borganda ko‘p narsani sezdim. Hatto rosa uyaldim ham. [Biz qirg‘izlar] 30 yildan beri bir-birimiz bilan siyosatda kelishmay, mitinglar o‘tkazib, faqat etik tozalaydigan cho‘tka ishlab chiqara olibmiz. Fabrika-zavod qurmabmiz. O‘zbekiston bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi, desam yanglishmayman. Mayda shurupdan tortib samolyot chiqarishgacha yetib borishibdi», – dedi Japarov.

Chindan ham bugungi kunda jannatmakon yurtimizda olib borilayotgan islohotlar hech kimga sir emas.

Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi: «Qasamki, agar (bergan ne'matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir. (Ibrohim surasi 7 – oyat). “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo” deb aytilganidek shukr qilib, shunday dunyo bizni tan olayotgan holatga keldik, Alhamdulillah! hozirgi vaqtda insof ila o‘ylab ko‘rsak, Vatanimizda barcha sohalarda ulkan o‘zgarish va rivojlanishlar bo‘layotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu jumladan, Diniy sohada ham ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Misol uchun, prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan ochilgan Mir Arab oliy madrasasini olaylik yoki Hadis maktabimi yoki boshqa... Bu o‘quv dargohlariida buyuk ajdodlarimizning ilmiy meroslariyu yozib qoldirgan kitoblari hamda asosiy islom dinining sof ta'limoti yetuk mutaxassis olimlar tomonidan o‘rgatiladi.

Alloh taoloning fazli ila men ham ushbu oliy madrasaning ilk talabalaridan biriman. Kelajakda bu yerda olgan ilmlarim yordamida xalqimiz va dinimizga ulkan xizmatlar qilish maqsadidaman. Hamda, Buxoriylar, Termiziylar avlodi ekanimdan va O‘zbekistonda yashashimdan faxrlanaman. Shu yurt farzandi ekanmiz, Vatanimizning bundanda gullab yashnashi va butun olamga dong‘ini taratishda bor imkonimiz bilan harakat qilishimiz kerak. Alloh taolo mustaqilligimizni abadiy, yurtboshimiz boshchiligida barcha mutasaddilarimizning xalqimiz va millatimiz ravnaqi uchun qilayotgan ishlarida bundanda rivoj va muvaffaqiyat bersin!


Kiritilgan vaqti: 30/03/2021 11:52;   Ko‘rilganligi: 66
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/press/news/qirgiziston-prezidenti-toshkentga-tashrifidan-keyin-bergan-intervyusida-qirgiziston-va-ozbekistonni-taqqoslab-shunday-dedi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:45