Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Imom Buxoriy masjidining qurilishi boshlandi

 
 

Xabaringiz bor, Imom Buxoriy majmuasida qayta qurish-rekonstruksiya ishlari boshlangan edi. Bugunga qadar yer maydonini tekislash, binolar o‘rni transheyasini qazish va tuproqlarni zichlash ishlari amalga oshirldi. Bugun erta tongda dastlabki yer osti poydevor betonini quyish, shu bilan birga barpo etiladigan masjid binosining qiblasini belgilash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Unda diniy ulamolar, mutaxassislar va faxriylar ishtirok etdi.

Jumladan, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, shu masjid faxriy imomi ustoz Maxmudjon domla Ibodullayev, Imom Buxoriy Majumasi boshqaruv kengashi raisi Dexqonboy Ermatov, Hadis oliy maktabi rektori Olimxon Yusupov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi Asrorxon Abbosov, xalqaro ilmiy tadqiqot markazi mutaxassisi Hafizullo Boyqobilov, maqbara va qadimiy binolar qurish bo‘yicha nafaqadagi muhandis Qodirxon Akobirov, maasjid imom noiblari Zayniddin Badixonov va Behzod Bektemirov, qurilish tashkiloti vakillaridan Sahobiddin Arziqulov, Oltiboy Ergashevlar ushbu tarixiy voqea, ulkan bunyodkorlik ishining boshlanish tadbiri shohidlariga aylandilar.

Boshlanadigan xayrli ish oldidan Qur'oni karim oyatlaridan tiovat va duolar qilindi, Alloh yo‘lida jonliq so‘yilib, qurbonlik qilindi.

Ilohim, bu joy Imom Buxoriy bobomizning ulug‘vorligiga mos, islom ma'rifatini taratuvchi, hadis ilmi taraqqiyoti uchun beshik va ming yillar mo‘min-musulmonlarga xizmat qiladigan maskan bo‘lsin!

  

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/04/2021 18:10;   Ko‘rilganligi: 98
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/press/news/imom-buxoriy-masjidining-qurilishi-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:43