Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Xabarlar

Beshikdan qabrgacha ilm izla!

 
 

Aloh taolo bandalariga bergan ne'matlari ichida birgina ne'mat ziyodasi bilan berilishi so‘raladi. U ham bo‘lsa ilmdir. Zotan buyuk Robbimiz shunday ta'lim beradi:

وَقُلْ رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا...

“...va ayting: Ey, Rabbim! Menga ilmni ziyoda et!” (Toha surasi, 114-oyat).

Oyati karimadagi buyruq payg‘ambar alayhissalomga bo‘lsada, biz ummatlariga ham umumiy hisoblanadi. Demak, barcha inson ilmga muxtojdir. Ilmni egallash, uni oshirib borish Parvardigorni amridir. Zero, payg‘ambarlar ilmga extiyojli bo‘lsalar va uni ziyodasi zarur bo‘lsa, boshqalarga baqadri avloku, ilmga muxtojlik va ziyodasi? 

Shu kabi maqsadlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filialida imom-xatiblar, imom noiblari va otinoyilarning malaka oshirish o‘quvlari joriy etilgan. Shu kunlarda ushbu o‘quvlarning 17-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Samarqand shahar masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom noiblar ham ishtirok etayapdi. O‘quvlar 18 mayda boshlangan edi, 14 iyun sanasida nihoyasiga yetadi.

 

Savad-ul-azam.uz matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 05/06/2021 11:09;   Ko‘rilganligi: 94
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/press/news/beshikdan-qabrgacha-ilm-izla
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:07