Axborot xizmati

Mushk tepaliklarining sohiblari

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan masjidlarning imom-xatiblari hamda mahalla mullalari ishtirokida bugun, 25 noyabr kuni Xo‘ja abdu Darun masjidida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda imom xatiblarimizning ish faoliyati jarayonlari tahlili, oldinda turgan vazifa va rejalar muhokama qilindi.

Sayyor uchrashuv va suhbatlar davom etmoqda...

Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan sayyor uchrashuv va suhbatlar doirasida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudov Kattaqo‘rg‘on tumaniga Mehr 2 operatsiyasi orqali olib kelingan bolalarning honodoniga tashrif bo‘yurib hadiya ulashilib, haqlariga duo qilindi.

Sayyor uchrashuv

Joriy yilning 9-oktyabr kuni O‘MI Samarqand viloyat vakilligi tomonidan viloyatdagi eng iqtidorli imom-xatiblarining sayyor uchrashuv va suhbatlari viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov va Samarqand shahar bosh imom xatibi Zafar domla Mahmudovlar boshchiligida Kattaqo‘rg‘on tumani "Xo‘ja Abdurahmon ota" masjidida boshlandi.

Men loyiq insonga ovoz beraman

Bugun, 24 oktyaabr kuni ertalab soat 08:00dan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalarida partyalar tomonidan prezidentlikga ko‘rsatilgan nomzodlar uchun ovoz berish boshlandi.

Imom xatiblarimiz saylovga faollik bilan qatnashmoqdalar

Samarqand shahar "Qo‘shhovuz" jome masjidi imom xatibi I. Qo‘nishov saylovga qatnashib o‘zlarining tanlovlarini belgiladilar.

Imom xatib va imom noiblarimiz xayriya ishlarida ham faol bo‘lmoqdalar.

Masjidlarning imom xatib va imom noiblari jamoat bilan ibodatlarni o‘z vaqtida ado etish kabi amallardan tashqari jamiyatning koriga yarash, aholi, xususan yoshlarni ilmu ma'rifatli bo‘lishlari, oilalarning tinch va baxtli hayot kechirishlari, muhtojlarga yordam ko‘rsatish singari ishlarda ham faol bo‘lib kelmoqda.

Mavludi sharifga marhabo

Joriy yilning 22- oktyabr juma kuni Samarqand shahar "Xo‘ja Nisbatdor" jome masdidida Mavlidi sharif o‘tkaziladi. Barchangizni taklif qilib qolamiz.

Samarqandda mavlid tadbiri o‘tkazildi

Rasululloh (sallollohu alayhi va sallam)ning muborak hayotlari, sunnatlari va yuksak odoblaridan namuna olish, Ul zotga munosib ummat bo‘lish istagida 18 oktyabr kuni Samarqand shahar “Namozgoh” jome masjidida “QALBIMIZ VA HYOYOTIMIZ SIZ ILA Yo RASULALLOH” shiori ostida mavlid tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qur'on tilovati va salavot bilan boshlandi.

Imom-xatiblar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

2021 yil 13 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahrida sohada olib borilayotgan ishlar va imom-xatiblar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyat bosh imom xatibining Xo‘ja abdu Darun jome masjidiga tashrifi

Viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov  Samarqand shaharidagi “Xo‘ja Abdu Darun” jome' masjidida peshin namozini jamoat bilan ado etdi. Shuningdek masjid jamoati bilan "Payg‘ambar alayhissalomning Madinaga hijratlari " mavzusida suhbatlashdi.

Rabi'ul avval oyi muborak!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin. Olamlarning Robbisi Alloh taoloning habibi, olamlarga rahmat qilib yuborilgan, suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning tavallud oylari barchamizga muborak bo‘lsin! Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari insoniyatga hadya etilgan Alloh taoloning eng buyuk marhamatlaridan biridir. Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi: «(Ey, Muhammad) Biz seni faqat olamlarga rahmat qilib yubordik» (Anbiyo surasi, 107-oyat). Shuning uchun Rabi'ul avval oyi Alloh taoloning bu buyuk ne'matiga salovotlar aytish oyi hisoblanadi.

Imom noiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markaz Imom Buxoriy xalqaro markaz qoshida tashkil etilgan. 

Samarqandlik imom-xatiblar obunada faollik ko‘rsatgani uchun “Shamsuddunxon Boboxonov” nashriyoti tomonidan taqdirlandi.

2021 yil 5 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati Urgut tumanidagi shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida navbatdagi sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Urgut tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Urgut tumanidagi mavjud 62 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Urgut tumanidagi “Urgut markaziy” masjidida bo‘lib o‘tdi.

E'lon;

Assalamu alaykum aziz kanalimiz obunachilari!