Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Тазкия

Ibratli hikoya:

 
 

Ibrohim Naxa'iyning ko‘zi g‘ilay edi. Shogirdi Sulaymon ibn Mehronning ko‘zi esa xira edi. 

Bir kuni ikkovi Ko‘fa ko‘chalaridan masjidga ketishayotgan edi, imom Naxa'iy: «Sulaymon! Sen boshqa yo‘ldan ketsang bo‘lardi. Ba'zi kaltafahmlar g‘ilay ko‘zi ojizni yetaklab ketyapti deb, bizni g‘iybat qilib, gunohga botishyapti», dedi. Shunda A'mash: «Ey Abu Imron, bizga nima? Axir biz savobga, ular gunohga qolishyapti-ku?» dedi. Shunda Naxa'iy: «Subhanalloh! Biz savobga ega bo‘lib, ular gunohkor bo‘lganidan ko‘ra biz ham, ular ham omon qolgani yaxshi emasmi?» dedilar.


Kiritilgan vaqti: 26/05/2021 10:57;   Ko‘rilganligi: 81
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/tazkiyah/ibratli-hikoya
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:25