Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Оқимлар

Mazhabga ergashmaslikning zararlari va uning yomon oqibatlari haqida. 6-qism

 
 

Dunyo ularning o‘zgarishi bilan obod.
Huddi shuningdek, dinda ham sobit narsalar bor. Ular o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin emas.

Masalan, aqiyda masalalari. Bugun Allohga yoki boshqa iymon keltirish lozim bo‘lgan narsalarga ishonib turib, keyin uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shuningdek, dinning rukni hisoblangan, asosni tashkil etgan narsalar ham sobit bo‘ladi. Bundoq masalalarni Alloh taolo o‘zi batafsil bayon qilib, insonning aralashuviga yo‘l qo‘ymagan. Hayot o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadigan masalalarni esa bo‘sh qo‘yib, musulmonlarni aqllarini ishlatib, ijtihod kilishlariga yo‘l ochib bergan. Fiqh ulamolari asosan huddi shu masalalarda ijtihod qiladilar. Ularning hujjat va dalillarni tushunish darajalari, masalani hal etish uslublariga qarab ijtihodlarining natijasi turlicha chiqadi. Biz esa buni ixtilof demokdamiz.

Ulug‘ mujtahidlarimiz Qur'oni Karim va sunnati nabaviya asosida, shariat qoidalarini mahkam tutish bilan birga, har zamon va makonga salohiyati bor Islom dining g‘oyalari, maqsadlari, insonlarning imkonlari va ehtiyojlarini ham hisobga olib, ish yuritganlar. Keling, bu fikrni tasdiqlash uchun bir misol keltiraylik.

Fiqhiy kitoblarimizda oldi-sotdi masalalariga keng o‘rin beriladi. Chunki, bu ish asosan rizq topishga qaratilgan, rizqning halol bo‘lishi uchun esa ish shariatga muvofiq bo‘lishi kerak. Savdoda «xiyor» degan narsa bor. Ya'ni bir kishi biror narsani sotib olsa, o‘zaro kelishuvga binoan, ma'lum muddatda savdodan aynib, sotib olgan narsani egasiga qaytarib berish ixtiyori «xiyor» deyiladi. Bu juda keng masala bo‘lib, fiqh kitoblarida batafsil muhokama qilinadi. Shu bobda «xaridor sotib olgan kiyimni xiyor davrida qora rangga bo‘yab qo‘ysa, so‘ng egasiga qaytarib bersa, qora rangga bo‘yagani nuqsonmi yoki ziyoda, fazlmi?» degan savol tushgan. Shunga binoan qora rangga bo‘yash nuqson bo‘lsa, qaytib berayotib sotuvchiga nuqsonning haqini ko‘shib berishi, ziyoda bo‘lsa, o‘z haqqini sotuvchidan olishi kerak.

Ushbu savolga javob izlab eski fiqh kitoblariga murojaat qilsak, ba'zilarida, xiyor vaktida qoraga bo‘yash ziyodadir, deyilgan, boshqalarida esa bu ish nuqson, deb baholangan. Bir savolga ikki xil javobni ko‘rib, yana jig‘iybiyron bo‘lasiz, odiygina savolga ikki xil javob, faqihlar ixtilof qilgani dunyoga kelgan ekanlar o‘zi, deysiz. Lekin shoshmaslik kerak. Oldin mazkur kitoblar kimniki va qachon yozilgani va boshqa ma'lumotlarni o‘rgansak, hamma narsa ravshan bo‘ladi. Faqihlarni ayblashga shoshmaslik kerak, ular hujjat, dalilsiz ish qilmaydilar. Kiyimni qoraga bo‘yashni ziyoda va fazl hisoblagan ulamolar abbosiylar hukmronligi davrida yashagan zotlar. Ma'lumki, abbosiylar qora rangni o‘zlariga shior qilib olgan edilar. Qora rangli narsa u davrda qadrli hisoblanar edi. Shuning uchun ham o‘z davrining talablaridan kelib chiqib, kiyimni xiyor vaqtida qoraga bo‘yash ziyoda va fazldir, deb fatvo berganlar. Ularga qarama-qarshi fatvo chiqarib, kiyimni qoraga bo‘yash ayb va nuqsondir, degan ulamolar abbosiylarga muxolif hukmdorlar davrida yashaganlar. Ular ham o‘z sharoitlaridan kelib chiqib fatvo berganlar. Demak, ikki tarixning fatvosi ham o‘z zamonasi uchun to‘g‘ri va o‘rinli. Buning nimasini ixtilof deyishimiz mumkin?

Shuningdek, ulamolarimiz fatvo chiqarishda o‘zlari yashab turgan yurt va jamiyatning shart-sharoitlarini ham e'tiborga olganlar.

Misol uchun imomi Shofe'iy Hijozda yashab turgan paytlarida ma'lum fatvolar chiqargan masalalar bo‘yicha Misrda yashab turganlarida mutlaqo o‘zgacha fatvolar chiqarganlar. Buni ham ixtilof deb bo‘lmaydi.

Siz bilan bizga ixtilof bo‘lib ko‘rinayotgan narsalarning o‘ziga yarasha sabablari bor


Kiritilgan vaqti: 07/04/2021 13:44;   Ko‘rilganligi: 74
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/movements/mazhabga-ergashmaslikning-zararlari-va-uning-yomon-oqibatlari-haqida-6-qism
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:50