Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Оқимлар

Mazhabga ergashmaslikning zararlari va uning yomon oqibatlari haqida. 2- qism

 
 

Taqlid qiluvchi – shariat ko‘rsatmalariga amal qilishda mustaqil ijtihod qilish darajasiga yetmagan shaxs bo‘lib, biror bir mazhab rahnamosiga ergashishligini anglatadi. Ya'ni, fiqxiy mazhablar asoschilaridan biri bo‘lgan imomning shariatdagi amali va fikrini qabul qilgan va unga ergashgan shaxsdir.

Usulul fiqh ulamolari, “taqlid – shariatga amal qilishda dalilini bilmagan shaxsni, uni bilgan va yechimini bergan shaxs fikrini anglamasdan qabul qilib, amal qilishdir”, deya ta'riflangan.

Demak, muqallid (taqlid qiluvchi) ijtihod qilish darajasiga yetmagan shaxs bo‘lib mujtahidga taqlid qilib, uning fatvosiga amal qiladi. Xuddi shu ishning hukmi bo‘yicha islom ulamolari tomonidan uch xil fikr ilgari surilgan.

Birinchisi: Ibn Hazm va unga o‘xshash ba'zi ulamolar taqlid qilish mutlaqo joiz emasligi, balki har kim o‘zi mustaqil ravishda Qur'on va sunnadan hukm chiqarishi lozimligi uqtirilgan. Boshqa ulamolar bu qarashni butunlay inkor etib, har bir musulmon mujtahid darajasiga yetishi mutlaqo mumkin emasligini bayon etishgan.

Ikkinchisi: taqlid qilishni vojib deb qaraydiganlar. Ular islomdagi yirik mujtahidlardan keyin ijtihod eshigi yopilgan va ijtihod qilish mumkin emas, deb ta'kidlashadi.. Bu gapning egalari hijriy uchinchi asrdan keyin ijtihod eshigi yopilgani haqida ulamolarning qarori chiqqanini dalil qilib keltiradilar.

Ushbu gap uzoq muddat hukm surgan, qaror sifatida tanilgan va unga so‘zsiz amal qilingan.

Uchinchidan: mutlaq mujtahid bo‘lmagan kishi uchun mujtahid olimlaridan biriga taqlid qilish lozim bo‘ladi. Ba'zi fiqhiy masalalarda mujtahid bo‘lsa ham, o‘z ijtihodi ila aniqlay olmaydigan masalalarda taqlid qilish kerak bo‘ladi. Bu yo‘nalishning tarafdorlari quyidagi dalillarni keltiradilar:

Alloh taolo “Nahl” surasining 43-oyatida aytadi:

فَاسْأَلُواْ أَهْلَ الذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ.

“Bas, o‘zingiz bilmasangiz, zikr ahlidan so‘rang”

Ulamolar, bu oyati karimada Alloh taolo bilmagan shaxs bilgan insonlardan so‘rashi lozimligiga buyurmoqda. Bu esa, odamlar ichida bilimli va bilimsizi bo‘lishi muqarrarligini dalolat qiladi. Bilmagan biladigandan o‘zi bilmagan masalani so‘rashi lozim. Bu esa, o‘z navbatida, bilimsiz kishi olim insonga taqlid qilish vojibligini anglatadi. Usul ulamolari ushbu oyatni omi inson mujtahid olimga taqlid qilishi vojib ekaniga eng asosiy dalil deganlar. Ushbu oyatga binoan, “hammaga taqlid vojib” degan gap ham, “hammaga ijtihod vojib” degan gap ham to‘g‘ri emasligi kelib chiqadi.


Kiritilgan vaqti: 01/04/2021 11:51;   Ko‘rilganligi: 51
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/movements/mazhabga-ergashmaslikning-zararlari-va-uning-yomon-oqibatlari-haqida-2-qism
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:31