Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Hadislar

Kun hadisi

 
 

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Ramazon oyida mening ummatimga mendan avvalgi payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa berildi:
Birinchisi: Ramazon oyining avvalgi kechasi Alloh ularga (rahmat) nazari bilan boqadi, kimga Alloh rahmat nazari bilan boqsa uni hecham azoblamaydi.
Ikkinchisi: Ularning og‘zilarining hidi Alloh huzurida miskning hididan ham xushbo‘yroq holda yuradilar.
Uchinchisi: Farishtalar ularning haqlariga tunu-kun istig‘for aytadilar.
To‘rtinchisi: Alloh azza va jalla jannatiga: "Bandalarim uchun tayyorlangin va bezangin. Ulardan tezda dunyo qiyinchiliklari, tashvishlari ketib, mening jannatim va ziyofatimga keladilar", deydi.
Beshinchisi: Agar ramazonning oxiri kechasi bo‘lsa ularning barchasini Alloh mag‘firat qilib yuboradi, degandilar, (atrofdagilar tomonidan): "Ey Rasululloh, u laylatul-qadr kechasimi? deb aytil. Shunda u zot: "Yo‘q! Agar ishchilar ishlarini tamomlasalar haqlari to‘liq qilib beriladimi?!" dedilar.
(Demak, bu mukofot, ular ro‘zani to‘liq tutganlari uchun berilgandir, qadr kechasining savobi alohida beriladi, dedilar).
(Nasaiy, Bayhaqiylar rivoyati).


Kiritilgan vaqti: 01/05/2021 13:54;   Ko‘rilganligi: 90
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/hadiths/kun-hadisi
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:46