Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Hadislar

Har 1000 ta odamdan 999 tasi do‘zaxiymi?

 
 

Abu Sa'id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh taolo: «Ey Odam», deydi. U: «Labbay, amringga muntazirman! Yaxshilik Sening qo‘lingda», deydi. U Zot: «Do‘zaxga yuboriladiganlarni chiqar», deydi. U: «Do‘zaxga yuboriladiganlar qancha?» deydi. U Zot: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi», deydi.

Ana shunda go‘dakning sochi oqarib ketadi, «har bir homilador homilasini tashlaydi va odamlarni mast holatda ko‘rasan, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir».  «Ey Allohning Rasuli, o‘sha bir kishi qaysi birimiz?» deyishdi. U zot: «Xushnud bo‘ling, chunki sizlardan bir kishi, Ya'juj va Ma'jujdan esa ming», dedilar. So‘ngra «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men jannat ahlining to‘rtdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining uchdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining yarmi sizlar bo‘lasizlar deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. Shunda u zot: «Sizlar odamlar orasida oq ho‘kizning terisidagi bir dona qora tuk yoki qora ho‘kizning terisidagi bir dona oq tukka o‘xshaysizlar», dedilar». Qiyomat kunidagi holat shunday bo‘lishini dunyo xaritasini bir ho‘kiz deb tasavvur qilib, undagi musulmonlarning adadi, qolaversa ularning ichidagi namoz o‘quvchi, ro‘za tutuvchilari va ulardan ham qanchalari o‘sha amallarni shariatga muvofiq qiluvchilari ekanligidan ham bilib olishingiz mumkin. Vallohu a'lam!

“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy.


Kiritilgan vaqti: 30/01/2021 12:44;   Ko‘rilganligi: 90
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/hadiths/har-1000-ta-odamdan-999-tasi-dozaxiymi
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:54