Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Hadislar

Ahli jannatning ko'pi ummati Muhammadiyadandir

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan qirqqa yaqin kishi bir qubbaning ichida edik. Shunda u zot:
«Ahli jannatning choragi bo‘lishdan rozi bo‘lasizlarmi?» dedilar».
«Ha», dedik.
«Ahli jannatning uchdan biri bo‘lishdan rozi bo‘lasizlarmi?» dedilar».
«Ha», dedik.
«Jonim qo‘lida bo‘lgan zot ila qasamki, albatta, ahli jannatning yarimi bo‘lishingizdan umidvorman. Chunki jannatga faqatgina musulmon jon kiradi. Sizlar esa ahli shirkning ichida xuddi qora xo‘kizning terisidagi bir dona oq tolaga yoki qizil qora xo‘kizning terisidagi bir dona qora tolaga o‘xshaysiz, xolos», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Jannatga dunyo yaratilgandan to qiyomat qoim bo‘lgancha o‘tgan ummatlarning mo‘min-musulmonlaridan sazovor bo‘lganlari kiradilar. Ana o‘shandoq jamoat ichida ularning yarimini tashkil qilish katta gap. Ha, ahli jannatning ko‘pini ummati muhammadiya tashkil qilishi turgan gap. Alloh taolo bizlarni ham o‘sha saodatmand bandalaridan qilsin! Omin!
Abu Buraydadan, u kishi otasidan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi va sallam:
«Ahli jannat yuz yigirma safdir. Undan saksontasi ushbu ummatdandir. Kirqtasi boshqa ummatlardandir», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Albatta, ahli jannatning ko‘pi bu darajada ummati muhammadiyadan bo‘lishi siz bilan biz uchun ulkan faxrdir.


Kiritilgan vaqti: 16/02/2021 15:13;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/hadiths/ahli-jannatning-kopi-ummati-muhammadiyadandir
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 21:39