Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Uzrli kishiga vojib bo‘lgan narsalar

 
 

Uzrli kishi imkon qadar o‘ziga zarar yetmaydigan darajada uzrini to‘xtatishga yoki kamaytirishga harakat qiladi. Misol uchun istihoza, ya'ni kasallik qoni oqib tursa, uni to‘xtatishga yoki kamaytirishga harakat qiladi. Agar namozni turib o‘qiganda qon oqib ketsa, o‘tirib o‘qiydi. Agar kiyimiga uzr sababidan yetgan najosatni yuvib tashlasa, o‘qiyotgan namozidan forig‘ bo‘lmasdan yana kiyimi najosat bo‘lishini bilsa, uni yuvmasdan o‘sha namozini o‘qib oladi. Ammo namozni o‘qib olguncha kiyimiga najosat tegmasligini bilsa, u najosat tekkan kiyimini yuvib olishi vojib bo‘ladi.


Kiritilgan vaqti: 25/02/2021 12:38;   Ko‘rilganligi: 86
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/uzrli-kishiga-vojib-bolgan-narsalar
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 05:05