Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Tahoratsiz kishiga harom bo‘lgan narsalar

 
 

1. Tahoratsiz kishi xoh nafl bo‘lsin, xoh farz bo‘lsin, namoz o‘qishi haromdir;
2. Janoza namozini ham betahorat o‘qish haromdir;

3. Sajda tilovatini betahorat bajarmoqlik ham haromdir. Chunki sajdada namoz ma'nosi bor;
4. Tahoratsiz Baytullohni tavof qilish man etiladi. Bunga tavofning farz yoki nafl bo‘lishining farqi yo‘q. Chunki tavof ham namozdir. Faqat unda gaplashishlik muboh qilingandir. Agar bir kishi Baytullohni tahoratsiz tavof qilsa, o‘zi gunohkor bo‘lsa ham, tavofi durust bo‘ladi. Chunki tahoratli bo‘lish tavofning durust bo‘lish shartlaridan emasdir. Lekin tavof qilish uchun tahoratli bo‘lish vojibdir.
5. Tahoratsiz kishining Qur'on kitobining hammasini yoki ba'zisini, agar bir oyat bo‘lsa ham, ushlashi durust emas. Ammo Qur'on kitobining ustida undan ajragan g‘ilofi bo‘lsa, ushlash mumkin bo‘ladi.


Kiritilgan vaqti: 26/02/2021 15:54;   Ko‘rilganligi: 87
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/tahoratsiz-kishiga-harom-bolgan-narsalar
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:58