Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Tahoratning farzlari

 
 

1- dars
Tahoratning farzlari

Quro'ni Karimda zikr qilingan oyati karimaga ko‘ra, tahoratning farzlari to‘rttadir:

1. Yuzni bir marta yuvishlik;
Yuvish, degani suv tegishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan suvni oqizishdir. Yuzning chegarasi uzunasiga soch chiqqan joydan jag‘ning ostigacha, kengligi esa ikki quloq yumshog‘ining orasigacha bo‘lgan o‘rindir.
2. Ikki qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib bir marta yuvishlik;
3. Boshning to‘rtdan biriga bir marta mas'h tortish;
4. Ikki oyoqni ham oshig‘i bilan qo‘shib bir marta yuvishlik;
Oyoqning oshig‘i qadamdan yuqorida, to‘piqdan pastdagi bo‘rtib ko‘rinib turgan suyakdir.
Tahorat qiladigan kishi agar tirnoqlari uzun bo‘lsa, uning ostiga suv yetkazishi va yana ko‘zi atrofiga yig‘ilib qoladigan kirlarni olib, ostiga suv tekkizishi ham shartdir.


Kiritilgan vaqti: 08/02/2021 18:36;   Ko‘rilganligi: 203
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/tahoratning-farzlari
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 21:44