Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

Inson ikki xil holatda junub bo‘ladi

 
 

  1. Erkak yoki ayoldan maniyning lazzat bilan otilib chiqishi sababidan junub bo‘linadi. U xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oq bo‘lsin, farqi yo‘q. Lekin shu shart bilanki, maniy o‘z o‘rnidan lazzat bilan ko‘chgan bo‘lishi kerak. Bir kishida lazzat bo‘lsayu, maniy ajrab chiqmasa, u junubli hisoblanmaydi. Ammo lazzati so‘ngach, maniy ajralib chiqsa, u junub hisoblanadi va g‘usl vojib bo‘ladi. Kishidan uning beliga urilganligi yoki bir kasalligi sababli lazzatsiz maniy chiqsa, u junub hisoblanmaydi va unga g‘usl ham vojib bo‘lmaydi. Demak, kishining junub bo‘lishi uchun lazzat sababli maniyning o‘z o‘rnidan ko‘chishi shartdir. Lazzat bo‘lsayu, maniy bo‘lmasa, junub hisoblanmaydi.
  2. Olat uchining oldinga yoki (harom bo‘lsa ham) orqaga kirishi maniy to‘kilmasa-da, ikkala tomonni junub qilib qo‘yadi va ularga g‘usl qilish vojib bo‘ladi.

G‘uslni vojib qilmaydigan narsalar esa quyidagilardir

  1. Maziy chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy suyuq, oq suyuqlik bo‘lib, shahvat vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa quyuq, oq suyuqlik bo‘lib, shiddat bilan otilib chiqadi. Yoshi keksayganlarda shiddatsiz ham chiqishi mumkin. Maziy erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolgani ham sezilmaydi. Demak, maziy tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib qilmaydi;
  2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy oq, xira, yopishqoq, hidsiz suyuqlikdir. U bavlning ketidan keladi;
  3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami, ehtilom bo‘lib, lazzat sezsa-yu, namlikni ko‘rmasa, bu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Ko‘pchilik namozxonlarda prostata bezlari shamollaganligi tufayli gohida hidli, gohida hidsiz yiring kabi oqlik keladi. U ham g‘uslni vojib qilmaydi.

Kiritilgan vaqti: 23/03/2021 10:45;   Ko‘rilganligi: 657
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/inson-ikki-xil-holatda-junub-boladi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 20:53