Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

G‘USLNING FARZLARI VA SUNNATLARI

 
 

G‘uslning farzlari

a) og‘izni (xalqumgacha g‘arg‘ara qilib) chayish;

b) burunga suv tortib chayish;

v) butun a'zolarga suv yetkazib ishqalab yuvish.

G‘uslning sunnatlari

a) g‘uslni «Bismillah...» bilan boshlash;

b) g‘uslga niyat qilish;

نَوَيْتُ أَنْ أَغْتَسِلَ غُسْلًا مِنَ الْجَنَابَةِ، رَافِعًا لِلْحَدَثِ، وَاسْتِبَاحَةً لِلصَّلَاةِ، وَطَهَارَةً لِلْبَدَنِ، وَتَقَرُّبًا مِنَ اللهِ تَعَالَى، اللهُ أَكْبَرُ.

«Navaytu an ag‘tasila g‘uslan minal-janaabati, rofi'an lil-hadasi, va istibaahatan lis-solaati, va tohaarotan lil-badani, va taqorruban minallohi ta'aalaa. Allohu akbar!»

Ma'nosi: Nopoklikni ketkazish, namoz durust bo‘lishi uchun badanni poklash va Allohga yaqin bo‘lish uchun janobatdan g‘usl qilishga niyat qildim.

v) ikki qo‘lini bo‘g‘imi bilan qo‘shib yuvish;

g) olatni (jinsiy a'zoni) yuvish;

d) badandagi najasni yuvib ketkazish;

e) tahorat olish (suv to‘planadigan joyda turgan bo‘lsa, oyoqlar keyin yuviladi, aksincha bo‘lsa, oyoqlar ham yuviladi);

j) badanning hamma yeriga yetkazib uch bora suv quyish;

z) suv quyishni boshdan boshlash, avval o‘ng, so‘ngra chap yelkaga suv quyish;

i) oyoqlarni suv to‘plangan joydan tashqarida alohida yuvish;

 k) sochi o‘rilgan ayol boshining o‘zini (soch tagini) yuvishi kifoya, lekin sochi yoziq bo‘lsa, uning hammasini yuvadi.


Kiritilgan vaqti: 15/03/2021 16:37;   Ko‘rilganligi: 362
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/guslning-farzlari-va-sunnatlari
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 20:07