Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Фиқҳ

G‘USL HAQIDA

 
 

ahorati yo‘q kishiga mumkin bo‘lmagan amallar g‘usl qilishi kerak bo‘lgan kishiga ham mumkin bo‘lmaydi. Yana shu bilan birga g‘usl vojib bo‘lgan kishiga ­Qur'oni Karimni xoh yoddan bo‘lsin, xoh qarab o‘qish hamda masjidga kirish ham harom hisoblanadi. Qiroat qilmay ko‘z yugirtirish harom emas. Ovoz chiqarmay, Qur'onni ushlamay ko‘z yugirtirib o‘qishi, Qur'on eshitishi harom emas.

Kishining g‘uslda avratlari ochilgani sababli uning birovning nazari tushmaydigan yerda yuvinishi mahbub hisoblanadi. Ayollarning ham bir-birlariga nazarlari tushmaydigan yerda g‘usl qilishlari, hatto g‘usl vaqtida o‘z onasi yoki singlisi va yo qizining nazaridan xoli yerda cho‘milishlari mustahabdir. Agar ularning oldida cho‘miladigan bo‘lsa, kindigi ostidan tizzasi ostigacha berkitib olishi farzdir. Tahoratda makruh qilingan narsalar g‘uslda ham makruh hisoblanadi.

Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi g‘uslni vojib qiladi. Musulmon kishi o‘lsa ham uni g‘usl qildirish vojibdir. Shahid esa, bundan mustasno. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma'naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi.


Kiritilgan vaqti: 17/03/2021 11:58;   Ko‘rilganligi: 97
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fiqh/gusl-haqida
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 21:18