Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Zakot olishga haqlilar
 
 

Savol:
Zakot olishga loyiq bo‘lgan kishilar kimlar?
Javob:

إِنَّمَا الصَّدَقَاتُ لِلْفُقَرَاءِ وَالْمَسَاكِينِ وَالْعَامِلِينَ عَلَيْهَا وَالْمُؤَلَّفَةِ قُلُوبُهُمْ وَفِي الرِّقَابِ وَالْغَارِمِينَ وَفِي سَبِيلِ اللَّهِ وَابْنِ السَّبِيلِ فَرِيضَةً مِنَ اللَّهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

“Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, sadaqa ishida ishlovchilarga, ko‘ngillarini ulfat qilinadiganlarga, qul ozod qilishga, qarzdorlarga, Allohning yo‘liga va yo‘l o‘g‘lilariga berilishi Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh bilguvchi va hikmatli zotdir” (Tavba 60 oyat).


Savol: Kimlarga zakot berish joiz va kimlarga joiz emas?
Javob: Zakot beruvchi o‘zining ota-onasi, bobo-momosi va ulardan yuqoridagilarga, o‘zining avlodlariga va ulardan pastdagilarga, er-xotin bir-biriga, zakotga qurbi yetadigan va o‘lik nisob egalariga, hoshimiylarga zakot berish mumkin emas.

وَلَا إلَى مَنْ بَيْنَهُمَا وِلَادٌ وَلَوْ مَمْلُوكًا لِفَقِيرٍ أَوْ بَيْنَهُمَا زَوْجِيَّةٌ

“Oralarida ota-bolalik(ona-bolalik), qullik yoki er-xotinlik rishtasi borlarga zakot berilmaydi” (Durrul muxtor).

لَا يَجُوزُ دَفْعُ الزَّكَاةِ إلَى مَنْ يَمْلِكُ نِصَابًا

“Zakotni nisobga molik bo‘lganlarga berish joiz emas” (Bahrur roiq sharhu kanzud daqoiq).

ولا إِلى بَنِي هَاشِمٍ وهم: بَنُو الحارث، والعباس ابنا عبد المطلب جَدّ النبي صلي الله عليه وسلم وبَنُو عليّ، وجعفر، وعَقِيل أَولاد أَبي طالب عمّ النبيِّ صلي الله عليه وسلم ، لا بَنُو أَبي لهب

“Bani hoshimga ham zakot berilmaydi. Ular: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmutollibning ikki o‘g‘li Horis bilan Abbosning avlodlaridir. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolibning avlodlari bo‘lgan Ali, Ja'far, Aqiyllarning avlodlaridir. Abu Lahabning avlodlari zakot olmaslik hukmidan mustasnodir” (Sharhul viqoya).

Savol: Kimga zakot berish afzal?
Javob:

وَالْأَفْضَلُ فِي الزَّكَاةِ وَالْفِطْرِ وَالنَّذْرِ الصَّرْفُ أَوَّلًا إلَى الْإِخْوَةِ وَالْأَخَوَاتِ ثُمَّ إلَى أَوْلَادِهِمْ ثُمَّ إلَى الْأَعْمَامِ وَالْعَمَّاتِ ثُمَّ إلَى أَوْلَادِهِمْ ثُمَّ إلَى الْأَخْوَالِ وَالْخَالَاتِ ثُمَّ إلَى أَوْلَادِهِمْ ثُمَّ إلَى ذَوِي الْأَرْحَامِ ثُمَّ إلَى الْجِيرَانِ ثُمَّ إلَى أَهْلِ حِرْفَتِهِ ثُمَّ إلَى أَهْلِ مِصْرِهِ أَوْ قَرْيَتِهِ كَذَا فِي السِّرَاجِ الْوَهَّاجِ

“Zakot, fitr va nazrga haqlilar quyidagi tartibda bo‘ladi:
1. Aka-uka, opa-singil;
2. Ularning farzandlari;
3. Amaki va ammalar;
4. Ularning farzandlari;
5. Tog‘a va xolalar;
6. Ularning farzandlari;
7. Yuqoridagilardan tashqari qarindoshlar;
8. Qo‘shnilar;
9. Kasbdoshlar;
10. Hamshaharlar yoki qishloqdoshlar. “Sirojul vahhaaj”da shunday deyilgan (Fatavoi Hindiya).

Savol: Ayol hoshimiy bo‘lib, er hoshimiy bo‘lmasa, ulardan tug‘ilgan farzandlarga zakot bersa bo‘ladmi?
Javob: Bo‘ladi.

أَنَّهُ يَجُوزُ الدَّفْعُ إلَى مَنْ عَدَاهُمْ مِنْ بَنِي هَاشِمٍ

“Hoshim avlodidan boshqalarga zakot berish joizdir” (Javharatun nayyira). Nasab er tomonidan bo‘ladi ayol tomonidan emas.

Savol: Zohiriy ko‘rinishidan zakot olishga loyiq kishiga zakot bersa bo‘ladimi?
Javob: Har bir narsada zohir e'tiborga olinadi. Agar dilingizda u kishiga zakot berishni loyiq deb topsangiz, unga zakot berishingiz mumkin.

إذَا شَكَّ وَتَحَرَّى فَوَقَعَ فِي أَكْبَرِ رَأْيِهِ أَنَّهُ مَحَلُّ الصَّدَقَةِ فَدَفَعَ إلَيْهِ أَوْ سَأَلَ مِنْهُ فَدَفَعَ أَوْ رَآهُ فِي صَفِّ الْفُقَرَاءِ فَدَفَعَ فَإِنْ ظَهَرَ أَنَّهُ مَحَلُّ الصَّدَقَةِ جَازَ بِالْإِجْمَاعِ ، وَكَذَا إنْ لَمْ يَظْهَرْ حَالُهُ عِنْدَهُ وَأَمَّا إذَا ظَهَرَ أَنَّهُ غَنِيٌّ أَوْ هَاشِمِيٌّ أَوْ كَافِرٌ أَوْ مَوْلَى الْهَاشِمِيِّ أَوْ الْوَالِدَانِ أَوْ الْمَوْلُودُونَ أَوْ الزَّوْجُ أَوْ الزَّوْجَةُ فَإِنَّهُ يَجُوزُ وَتَسْقُطُ عَنْهُ الزَّكَاةُ فِي قَوْلِ أَبِي حَنِيفَةَ وَمُحَمَّدٍ رَحِمَهُمَا اللَّهُ تَعَالَى

“Agar shak qilsa va faqir bo‘lsa kerak deb qasd qilsa, uning g‘olib fikri zakot olishga loyiq degan to‘xtamga kelib, unga zakotini bersa yoki o‘sha shaxs undan zakot so‘rasa va u zakotini bersa yoki faqirlar safida turganini ko‘rib unga zakotini bersa, keyinchalik zakot sarflanadigan mahal ekani ma'lum bo‘lsa, bil ijmo zakoti ado bo‘ladi. Shuningdek, holati ma'lum bo‘lmasa ham.


Kiritilgan vaqti: 11/05/2021 11:53;   Ko‘rilganligi: 92
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/zakot-olishga-haqlilar
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 05:26