Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Sunnat duolar haqida
 
 

Savol: Iftorlikning sunnat bo‘lgan duolari qaysi?

Javob:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ: كَانَ النَّبِىُّ ﷺ إِذَا أَفْطَرَ، قَالَ: «اللَّهُمَّ لَكَ صُمْنَا، وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْنَا، فَتَقَبَّلْ مِنَّا، إِنَّكَ أَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ». رَوَاهُ الدَّارَقُطْنِيُّ.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftorlik qilish vaqtida «Allohumma, laka sumnaa va 'alaa rizqika aftornaa, fataqobbal minnaa, innaka antas Samiy'ul-Aliym» (Allohim, Sen uchun ro‘za tutdik, bergan rizqingdan iftorlik qildik, biz-lardan qabul ayla. Albatta, Sen Eshituvchi va Biluvchi Zotsan), der edilar».
Doraqutniy rivoyat qilgan.

عَنْ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: وَكَانَ رَسُولُ اللهِ ﷺ إِذَا أَفْطَرَ، قَالَ: «ذَهَبَ الظَّمَأُ، وَابْتَلَّتِ الْعُرُوقُ، وَثَبَتَ الْأَجْرُ، إِنْ شَاءَ اللهُ». رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftorlik vaqtida «Zahabaz-zomau, vabtallatil uruuqu va sabatal ajru, inshaalloh» (Chanqoq ketdi, tomirlar namlandi, inshaalloh, savob hosil bo‘ldi), der edilar.
Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh «Mo‘minning qalqoni» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 14/04/2021 12:46;   Ko‘rilganligi: 94
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/sunnat-duolar-haqida
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:11