Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Abu Hanifa rohmatullohi alayh haqlarida
 
 

Mansur ibn Omir aytdi:
Ko‘fa ahlidan bir kishi Abu Hanifa haqlarida bo‘lmag‘ur gapni aytdi.

Abdulloh ibn Muborak unga: “Holingga voy bo‘lsin! Qirq besh yil davomida besh vaqt namozni bir tahorat bilan ado qilgan, bir tunda ikki rakatda Qur'onni to‘liq o‘qib chiqqan inson haqida shunday deysanmi? Men o‘zimdagi fiqh ilmini barini mana shu zot- Abu Hanifadan o‘rganganman” dedilar.

Abu Nu'aym va boshqalar rivoyat qilishlaricha, imom Abu Hanifa xuftonning tahorati bilan bomdod namozini ellik yildan ko‘proq muddat o‘qiganlar. (Ya'ni, tunlari ibodatu riyozatda bedor bo‘lganlar).
Ibn Uyayna: «Alloh taolo Abu Hanifani rahmatiga olsin. U kishi (ko‘p) namoz o‘quvchilardan edilar. Makkaga kelganlarida o‘sha vaqtimizda biron kishi Abu Hanifadan ko‘ra ko‘proq namoz o‘qiguvchi emas edi», dedilar.

“Tarixi Bag‘dod” kitobi,15-jild, 484-485-sahifalar.


Kiritilgan vaqti: 14/04/2021 11:38;   Ko‘rilganligi: 83
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/fatwah/abu-hanifa-rohmatullohi-alayh-haqlarida
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:01