Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Solih amallarni qilganlarga jannatul ma'vo bor

 
 

أَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَلَهُمْ جَنَّاتُ الْمَأْوَى نُزُلًا بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

 

  1. Ammo imon keltirgan, solih amallarni qilganlarga qilgan amallari uchun manzil o‘laroq jannatul ma'vo bor. (Sajda surasi, 19- oyat)

Alloh taoloning solih bandalari uchun tayyorlab qo‘ygan jan­nati qur'oni karimda bir necha nomlar bilan zikr qilingan: Dorussalom, Jannatul-Ma'vo, Jannatul-Na'iym, Janna­tul-Xuld, Jannatul-Firdavs, Jannatul-karor, Vasila va bo­shkalar. Ushbu oyati karimada marhamat qilinyaptiki, kim imon keltirib, solih amallar qilib o‘tgan bo‘lsa, oxiratda bunday­larga jannatul-ma'vo bor. "Ma'vo" so‘zi uy, maskan ma'nola­rini bildiradi. Dunyo hayotidagi uylar insonlar uchun vaktin­chalik boshpana, orom oladigan maskan vazifasini bajarsa, oxiratdagi uy abadiy rohat-farog‘atda yashaladigan mangu orom maskanlaridir. Jannat va uning ta'rifi kur'oni karimning bir necha suralari va hadisi shariflarda zikr etilgan. Alloh taolo aytadi: «Jannat taqvodor zotlarga yirok bo‘lmagan (bir makonga) keltiriladi (va ularga deyiladi): «Mana shu (ne'matlar) sizlarga tavba qilganlarga, Alloh taoloning shariatini saqlaganlarga, Alloh taolodan, uni ko‘rmasa-da, qo‘rqqanlarga va Alloh taologa xolis toat qilib kelganlargadir»  (Qof surasi, 31- 35 oyatlar)


Kiritilgan vaqti: 19/02/2021 12:25;   Ko‘rilganligi: 110
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/solih-amallarni-qilganlarga-jannatul-mavo-bor
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 05:23