Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Siz ham salavot ayting!

 
 

إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ ۚ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا.

"Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring".
(Ahzob surasi, 56-oyat).

Tafsir: (Arab tilida «salovot» so‘zi «salot»ning jami bo‘lib, duo ma'nosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma'nosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan bo‘lganida «duo» ma'nosini yo‘qotadi. Alloh taoloning Payg‘ambarimizga (sollallohu alayhi vasallam) salovot aytishining ma'nosi u zotga (sollallohu alayhi vasallam) o‘z rahmatini yuborishi, ulug‘lashi, maqomlarini ko‘rsatishi va farishtalar huzurida sha'nlariga maqtovlar aytishini anglatadi).


Kiritilgan vaqti: 29/05/2021 12:51;   Ko‘rilganligi: 91
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/siz-ham-salavot-ayting
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 05:49