Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Islom begona ayollarga qarashni harom qildi!

 
 

Erkaklarning nomahram ayollarga qarashi taqiqlanganing sababi doimo hammani qiziqtirib kelgan. Xo‘sh, nega Islom bu yomon odatni harom qildi? Quyida qisqacha javob berishga harakat qilamiz.

Erkak kishining begona ayolga ataylab qarashini Islom harom qilgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Ali roziyallohu anhuga aytgan gaplarini eslaylik: «Ey Ali! Nazarni nazarga ergashtirma! Birinchi ko‘z tushishi zararingga bo‘lmasligi mumkin, ammo keyingisi, albatta, sening zararinggadir». Shunday ekan, begona ayolga takror qarash erkak kishining shahvatini uyg‘otadi, qarshi jins vakiliga nisbatan turli o‘y-xayollarni olib keladi. Islom esa mo‘minni Alloh harom qilgan har qanday narsadan himoya qilishga qattiq harakat qiladi. Unutmaylikki, begona ayolga nazar tashlash Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, «nazar iblisning zaharlangan o‘qlaridan biridir».

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ta'limotlari bandani har qanday shubhaga, xatoga tushib qolish ehtimolidan himoyalaydi. Alloh belgilab bergan chegaralarni bosib o‘tmaslikka chorlaydi. Qanchadan-qancha muammolarning va kasalliklarning yechimi ko‘zni nomahramdan tiyishga, farjni saqlashga bog‘liq ekanini hayotimiz davomida ko‘ramiz.

So‘zim oxirida har bir musulmonga Alloh taoloning quyidagi so‘zini har kuni bir necha marta o‘qishni tavsiya etaman:

قُل لِّلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَزْكَىٰ لَهُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ

“Sen mo‘minlarga ayt, ko‘zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir” (Nur surasi, 30 oyat).

"Savad-ul-azam.uz" matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/03/2021 15:01;   Ko‘rilganligi: 163
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/islom-begona-ayollarga-qarashni-harom-qildi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:43