Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Allohning nazdida eng hurmatligingiz taqvodoringizdir.

 
 

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَىٰ وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا ۚ إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

  1. Ey insonlar! Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda o‘zaro tanishishingiz uchun sizlarni xalqlar va qabilalar qilib qo‘ydik. Allohning nazdida eng hurmatligingiz taqvodoringizdir. Alloh biluvchidir, xabardordir.

Naysoburiyning “Asbabung‘ nuzul” kitobida ushbu oyatning nozil bo‘lishi haqida quyidagi rivoyatlar keltirilgan: “Ibni Abbos aytadi: “Bu oyat Sobit ibni Qays haqida nozil bo‘lgan. U o‘ziga joy bermagan kishi haqida: Falonchi ayolning o‘g‘li” degan edi. Shunda Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Falonchi ayolni zikr qilgan kim? ” dedilar. Sobit turib: Eyo Allohning Rasuli, men”, dedi. U zot: “Odamlarning yuziga qara” , dedilar. U qaradi. U zot alayhissalom: “Eyo Sobit, nimani ko‘ryapsan?” dedilar. U: “Oq, qizi, qoralarni”, dedi. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Sen ulardan faqatgina din va taqvo bilangina afzal bo‘lishing mumkin”, dedilar. Shunda Alloh taolo ushbu oyatni nozil qildi”. Muqotil shunday degan: “Makka fathi kuni Rasululloh sollollohu alayhi vasallam Bilolgi Ka'baning ustiga chiqib azon aytishni buyurdilar. Shunda Itob ibn Usayd ibn Abu Ays: “Otam bu kunni ko‘rmasdan uning jonini olgan Allohga hamd bo‘lsin”, dedi. Horis ibn Hishom esa: “Muhammad muazzinlikka shu qora qarg‘adan boshqa kishini topolmadimi?” dedi. Suhayl ibn Amr esa: “Agar Alloh biror narsani xoxlasa, uni o‘zgartiradi”, dedi. Abu Suyon esa: “Men biron narsa demayman. Osmonning Parvardigori uni (Muhammadni) xabardor qilishidan qo‘rqaman”, dedi. Shunda Jabroil alayhissalom kelib,  Rasululloh sollollohu alayhi vasallamga ularning gaplarini yetkazdi. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam ularni chaqirib, aytgan gaplari haqida so‘radilar. Ular iqror bo‘lishdi. Shunda Alloh taolo ushbu oyatni nozil qildi. Ularni nasablar bilan faxrlanishdan., molning ko‘pligi bilan g‘ururlanib-maqtanishdan va kambag‘allarni pisand qilmaslikdan qaytaradi.

“Tafsiri irfon” kitobidan.


Kiritilgan vaqti: 10/02/2021 13:52;   Ko‘rilganligi: 88
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/allohning-nazdida-eng-hurmatligingiz-taqvodoringizdir
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 05:39