Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Qur'on oyatlari

Alloh yo‘lida ehson qilishga chaqirilmoqdasiz!

 
 

هَاأَنتُمْ هَؤُلَاء تُدْعَوْنَ لِتُنفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبْخَلُ وَمَن يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَن نَّفْسِهِ وَاللَّهُ الْغَنِيُّ وَأَنتُمُ الْفُقَرَاء وَإِن تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ

Mana, sizlar Alloh yo‘lida ehson qilishga chaqirilmoqdasiz. Oralaringizda baxillik qiladiganlar ham bor. Kim baxillik qilsa, albatta o‘z zarariga baxillik qiladi. Holbuki, Alloh behojat, sizlar muhtojsizlar. Agar sizlar yuz o‘girib ketsangiz, o‘rningizga sizlardan boshqa qavmni keltirib qo‘yadi, ular esa sizlarga o‘xshagan bo‘lishmaydi. (Muhammad surasi, 38- oyat)

Ya'ni, agar sizlar baxillik qilsanglar va ilohiy hukmdan yuz o‘girsanglar, u holda Alloh taolo sizlarni ketkazib, o‘rnin- gizga boshqa bir qavmni keltiradi. Ular nihoyatda xursandchilik bilan Parvardigorlarining amr-farmonlari bajarishadi, sizlar kabi ziqna-baxil bo‘lishmaydi. Abu Hurayra roziyal- lohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «...agar sizlar yuz o‘girib ketsangiz, o‘rningizga sizlardan boshha havmni keltirib ho‘yadi, ular esa sizlarga o‘xshagan bo‘lishmaydi» degan oyatni o‘qigan edilar, sahobalar: “Ey Allohning Rasuli, biz yuz o‘girsak, o‘rnimizga keladigan, bizga o‘xshamaydiganlar kimlar?” deb so‘rashdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom Salmoni Forsiy roziyallohu anhuning yelkalariga urib: “Mana bu va uning qavmi”, dedilar» (Ibn Abu Hotim rivoyati).

Ulamolar aytishadi: “Agar Ajamdan chiqadigan behisob imomlar va ulamolar zikr qilinmaganda ham birgina Imom A'zamning muborak shaxslari Payg‘ambarimizning ana shu bashoratlariga munosibroqdir”. Haqiqatan ham ushbu oyati karimalar nozil bo‘lib turgan vaqtda saxiylik, Allohning yo‘lida xolis mol sarflash kabi fazilatlar ko‘pchilik musulmonlarga xos bo‘- lib, ularning bu boradagi ishlari mo‘jiza darajasiga borib yetgani ibrat o‘laroq tarixning oltin sahifalarida abadiy qolib ketgan. Shu bilan birga, ba'zi baxillar ham bo‘lganki, bu ham voqe'likdir. Qur'oni karim ushbu oyatda ana shunday baxillikni muolaja qilmoqda. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday xutba qildilar: «Baxillik-ziqnalikdan saqlaninglar! Albatta, sizlardan oldin o‘tganlar ziqnalik tufayli halok bo‘- lishgan.Ularni baxillikka amr qildi, baxillik qilishdi.Ularni aloqalarni uzishga amr qildi, aloqalarni uzishdi. Ularni fojirlikka amr qildi, fojirlik qilishdi» (Abu Dovud, Ibn Hibbon va Hokim rivoyati).


Kiritilgan vaqti: 08/02/2021 17:31;   Ko‘rilganligi: 89
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/ayahs/alloh-yolida-ehson-qilishga-chaqirilmoqdasiz
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 05:17