Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

SEHRNING XAQIQATI - SEHRNING HUKMI

 
 

SEHRNING XAQIQATI

Ba'zi toifa va shaxslar sehrni tamomila inkor qi­lib, «Uning haqiqati va ta'siri yo‘k, quruq xayoldan boshqa narsa emas», degan bo‘lsalar ham, Ahli sunna mazhabi jumhur ulamolari sehrni ikkiga bo‘lishgan:

               Birinchisi - hiyla, chaqqonlik, ustamonlik kabi yo‘llar bilan ajablanarli ishlarni ko‘rsatish. Bir oz e'tibor bilan qaragan odam buning oddiy ish ekanini tushunib oladi. Bu tur ajnabiy tilda «fokus» (ko‘z   boylash) deyiladi.

Ikkinchi turning haqiqati, ta'siri bo‘lib, u kishining badanida, ruhiy holatida, aqlida o‘zini ko‘rsatadi. Bu xildagi sehrni hanafiylar, shofe'iylar va hanbaliylar to‘laligicha sobit narsa deb tan olishgan. Ular o‘zlarining bu gaplariga yuqorida zikr qilingan oyat va hadislarni dalil qilib keltirishgan.

 

SEHRNING HUKMI

Sehr qilish harom va gunohi kabiradir.

Sehrni halol deb e'tiqod qilgan kishi kofir bo‘lishiga hamma fuqaholar ittifoq qilishgan.

Hanafiy, molikiy va hanbaliy fuqaholar: «Sehrni o‘rganish harom va kufrdir», deyishgan.


Kiritilgan vaqti: 16/02/2021 15:35;   Ko‘rilganligi: 80
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/sehrning-xaqiqati-sehrning-hukmi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2021 21:45