Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

Sehrning muolajasi 2- qism

 
 

Imom Abdurrazzoq o‘zining «Musannaf» nomli ki­tobida sehrning muolajasi haqida quyidagilarni keltirgan: «Sidrning bargidan yettita olinadi. Ularni ikki toshning orasiga olib tuyiladi. Unga Kafirun, Ixlos, Falaq va An-Nas suralari uch martadan o‘qila­di. So‘ngra suvga solib ichiladi va g‘usl qilinadi. Al­loh shifo bergunicha takror qilinadi».

To‘rtinchisi - sehr kilingan narsa qorinda bo‘lsa, ich surish, boshka joyda bo‘lsa, qon oldirish bilan xa­los bo‘linadi.

Dam solishning shartlaridan biri Allohning ismlari, sifatlari hamda rivoyat qilingan duolar bi­lan bo‘lishidir. Dam solish arab tilida yoki ma'nosi tushunarli bo‘lishi shart. Dam solish o‘zicha ta'sir qilmasligiga, shifoni fa­qat Allohning O‘zigina berishiga e'tikod qilish shart. Dam soluvchi taqvodor, solih musulmon bo‘lishi kerak. U qanchalik taqvodor bo‘lsa, ta'siri shunchalik kuchli bo‘ladi. Dam solish jarayonida sidqidildan Allohga yuz­lanish va yolvorish lozim.

Kishi o‘ziga-o‘zi dam solgani afzal. Dam soldiruvchi kishi ham solih mo‘min bo‘lishi kerak. Dam soldiruvchi kishi shifoni ixlos bilan Al­loh taoloning O‘zidan so‘rashi lozim. Shifo bo‘lmayapti, deb shoshilmasligi kerak.

Ko‘z tegishidan xavfsiralgan joylarga tumor, kuzning shakli, otning taqasi kabi narsalarni osish mumkin emas. Alloh taoloning shariatda kelgan sehr haqidagi hukmlarini bilib, sehrgarlikdan o‘zini chetga olish har bir mo‘min-musulmon bandaning burchidir. Shuningdek, sehrgarga murojaat qilish mutlaqo mumkin emasligini ham har bir mo‘min erkak va ayol yaxshi tu­shunib yetishi kerak.

Iymonli kishi bo‘lgan-bo‘lmagan narsaga «Sehrlab qo‘yibdi, u bo‘libdi, bu bo‘libdi», deb vasvasa qilmas­ligi kerak. Ko‘pchilik aynan shunga o‘xshash narsalar bilan o‘zini o‘zi tushkunlikka solib qo‘yadi. Buning o‘rniga sehrdan saqlanish oyatlari va duolarini o‘qib, o‘ziga dam solish, hamma narsa Alloh taolodan ekaniga qatiy ishonch bilan iymonni baquvvat qilib, xotir­jam yurish kerak.


Kiritilgan vaqti: 26/02/2021 11:07;   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/sehrning-muolajasi-2-qism
Chop etilgan vaqti: 28/11/2021 03:51