Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

SEHRNING MUOLAJASI

 
 

Alloh taoloning bu dunyoda joriy qilib qo‘ygan qonun-qoidalarini tammul bilan o‘ylab ko‘rgan kishi turli ofatlar va bemorliklarning yuzaga kelishi ham borliqdagi muqaddar qonun-qoidalardan biri ekanini anglab yetadi. Bularning hammasi Alloh taolo tomoni­dan bo‘ladigan sinovdir. Kim solih bandalar balo va musibatlardan uzoqda bo‘ladi, deb   o‘ylasa, xato qiladi. Solih kishiga ofat va musibatlarning yetib turishi Allohning unga bo‘lgan muhabbati alomatidir. Solih kishiga bemorliklarning yetib turishi Alloh taolo­ning unga yaxshilikni iroda qilgani alomatidir. Bunday kishilarga yetgan ofat va bemorliklar uning uchun kelgan gunohlarining kafforatidir.

Agar musibatga uchragan banda solih bo‘lsa, musibat uning uchun gunohlarga kafforat yoki darajotlarining ko‘tarilishidir. Agar osiy bo‘lsa, musibat uning uchun yomonliklarini yuvish va bu dunyo bevafoligini esla­tishdir.

Gohida sehr va ko‘z tegishi orqali ham bandaga mu­sibat yetadi. Shuning uchun musulmon odam mazkur ikki narsadan saqlanish yo‘llarini yaxshi bilib olishi ke­rak. Bulardan saqlanish muolaja qilishdan ko‘ra osonroqdir. Sehr va ko‘z tegishidan saqlanish bir necha us­lublar bilan amalga oshadi:

  1. Tavhid orqali ruhni tetiklashtirish.
  2. Borliqdagi barcha narsaning tasarrufini faqat Alloh taoloning O‘zi qilishiga iymon keltirish.
  3. Yaxshiliklarni ko‘p qilish.
  4. Sehrgarligi va ko‘zi borligi bilan mashhur bo‘l­gan odamlardan uzokda bo‘lish.
  5. Allohdan sehr va ko‘z tegishidan panoh so‘rab, ke­rakli duo va zikrlarni o‘qib yurish.
  6. Mazkur duo va zikrlar kak ekani va ularning foy­dasi borligiga iymon keltirish. Mazkur iymon qancha kuchli bo‘lsa, ta'sir ham shuncha kuchli bo‘ladi.
  7. Mazkur duo va zikrlarni aytganda qalbning ho­zir bo‘lishi. Chunki g‘ofil qalb bilan qilingan duo qa­bul bo‘lmaydi.
  8. Kunduzgi duo va zikrlar bomdod namozidan so‘ng, kechkilari asr namozidan keyin aytiladi.
  9. Oyatul Kursiy, Bakara surasining oxirgi ikki oyati, Ixlos, Falak va An-Nas suralarini sehr va ko‘z tegishidan saqlanish uchun o‘qiladi. Boshqa duolar va zikrlar ushbu kitobning tegishli joyida kelgan.
  10. Sehrlanib qolganlik va ko‘z tekkanlik alomatla­ri quyidagicha: kishining a'zolari sog‘ bo‘la turib, bo­shining u yer-bu yeri og‘risa, yuzi sargaysa, ko‘p terlasa va bavl qilsa, ishtahasi yo‘qolsa, yuragi bejo bo‘lsa, be­lining va ikki ko‘ragining pastida og‘rik bo‘lsa, uzrsiz xafalik va yurak siqilishi kuzatilsa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Shuningdek, bekordan-bekorga xavfsiray­versa, achchig‘i chiqaversa, odamlarga ko‘shilgisi kelmay qolsa, dangasa bo‘lib qolsa, uyqusi kelaversa, qo‘yingki, tibbiyotga oid bo‘lmagan holatlarga uchrasa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Musulmon odamning iymoni va qalbi kuchli bo‘lib, vasvasaga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

 


Kiritilgan vaqti: 23/02/2021 13:22;   Ko‘rilganligi: 79
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/sehrning-muolajasi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 10:28