Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

Sehrgarlarning alomatlari ko‘p.

 
 

Shulardan ba'zilarini aytib o‘tamiz.

Sehrgarlar odamlarni o‘ziga ishontirish uchun taqvodor bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi. Buning uchun ularning namoz o‘qishlari, zikr qilishlari va odamlar­ni jalb qiladigan boshka ishlarni amalga oshirishlari kuzatilgan.

Sehrgarlarning alomatlardan yana biri ular be­morning va uning onasining ismini so‘rashadi. Holbuki, shar'iy dam solishda bu ismlarning hech bir keragi yo‘q.

Sehrgarlar sehrlangan kishidan ba'zi kiyimlari­ni yoki kiyim parchalarini keltirishni so‘raydilar.

Sehrgarlar ma'lum sifatga ega hayvon keltirish­ni so‘raydilar. Ularni jinlarga atab so‘yishlari yoki qonini bemorga surtishlari mumkin. Bu ham sehrgar­likning alomati.

Sehrgarlar ma'nosini tushunib bo‘lmaydigan til­sim va shakllarni chizadilar.

Sehrgarlar bemorga to‘rtburchak shakllar ichiga tur­li harflar va raqamlar yozilgan varaqlar berishadi.

Sehrgarlar bemorlarga odamlarga aralashmay, ma'lum muddat alohida xonada yashashni buyuradilar va hokazo.


Kiritilgan vaqti: 26/02/2021 11:11;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/sehrgarlarning-alomatlari-kop
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 05:39