Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

Sehrga olaqasi bor narsalar

 
 

  1. Sha'vaza.

Sha'vaza bizda ko‘proq «baxshilik» deb yuritiladi. Bu aslida qo‘l yengilligidan iborat bo‘lib, chaqqon ha- rakatlar bilan bir oz hiyla ishlatib, biror narsani boshqacha qilib ko‘rsatishdir. Sehrning mazkur turi bilan shug‘ullanuvchi o‘zining biror yeriga berkitib ol- gan narsani bemorning ichidan olgan qilib ko‘rsatadi.

  1. Nashra.

Bu dam solishning bir turi bo‘lib, unda jin tekkan deb gumon qilinayotgan odam muolaja qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, bemorni o‘rab olgan dard nashr qilinadi, ya'ni yozib yuboriladi, degan da'vo qilinadi. Bu ish ham sehr hisoblanadi.

Jobir ibn Abdullou roziyallouu ashudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollalloxu alayxi vasallamdan nashra xakida suraldi. Shunda u zot:

«(U) shaytonning amalidandir», dedilar».

Imom Ahmad rivoyat qilgan.

  1. Azayimxonlik.

Bu so‘z «aziymat»dan olingan bo‘lib, «qasam ichish» ma'nosini bildiradi. Bunda azayimxon ma'lum ismlar bilan kasam ichib, jin tekkanlarga shifo suraydi. Ularning da'vosicha, mazkur ismlar Sulaymon alayxissalom jinlarning qabilalariga muvakkal kilib qo‘ygan farishtalarning ismlari emish. Agar ushalardan birining ismi bilan kasam ichsa, u o‘ziga tobe jinni ishga solar emish.

  1. Tilsim.

Yulduzlarga bog‘liq deb gumon qilingan ismlardir. Ular ba'zi bir ma'dan yoki boshqa narsalarda bo‘lib, o‘shalar bilan kishilarni davolash da'vo kilinadi.

  1. Avfoq

Bunda turli rakamlar xandasaviy shakllarning ichiga maxsus uslubda yozib chikiladi. Kim o‘sha shakllar solingan kogozni uzi bilan olib yursa, u tugishni osonlashtiradi, bir lashkarning bonshasi ustidan g‘alabasini ta'minlaydi, mahbusni qamokdan chiqaradi, degan da'volar qilinadi.

  1. Munajjimlik.

Bu suz lugatda yulduzga nazar solishni anglatadi. Ammo istiloxda falakdagi shakllardan yerdagi xodisalarni bilib olishni da'vo kilishdan iboratdir.

Sexrgar esa turli uslublarni ishlatib, kishilarga ta'sir utkazuvchi shaxsdir. Kur'oni Karimda sehr to‘g‘risida kelgan oyatda erkakni xotindan ajratuvchi ishlarni qiluvchilar ham sehrgar ekani aytilgan.

 

 

“Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan'anaviy davolash kabi ishlarning haqiqati” kitobidan


Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 10:02;   Ko‘rilganligi: 92
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/sehrga-olaqasi-bor-narsalar
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:19