Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

«Mazhabga emas, salaflarga ergashish kerak»mi?

 
 

Salafiylarning yana bir da'vosi «Mazhabga emas, salaflarga ergshashish kerak». Mana shu so‘zni aytayotgan salafiyga: «Bu fikrga qayerdan kelding», deb savol bersangiz, u: «Alboniy, Usaymin va Ibn Bozlarning ma'ruzasidan yoki kitobidan o‘qib shu fikrni aytganlarini eshitdim», deydi. 

Farazan to‘rt mazhab imomiga ergashmay, salaflarning yo‘lidan yuradigan bo‘lsak, o‘sha salaflarning so‘zini, yo‘lini qanday topamiz, desak, salafiylar: «Alboniy, Usaymin, Ibn Boz va boshqa olimlar o‘z kitoblari va ma'ruzalarida salaflar yo‘lini bayon qilib, fiqhiy masalalarni aytishgan. Biz o‘shanga amal qilsak bo‘ldi», deydi. Biz shunda u salafiyga: «Demak, sen ham salaflarning emas, o‘sha Alboniylarning yo‘liga ergashayatgan ekansanda», deymiz. Aslida, Imom A'zam rahmatullohi alayhga ergashish salaflar yo‘lini mahkam tutishdir. Chunki, Imom A'zam rahimahulloh tobein ya'ni salaf bo‘lganlar. Shuningdek, qolgan uch mazhab imomi Alboniy, Usaymindan ko‘ra salaflar davriga yaqin yashagan va ularning yo‘lini bulardan ko‘ra yaxshi bilishgan.


Kiritilgan vaqti: 14/06/2021 10:55;   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/mazhabga-emas-salaflarga-ergashish-kerakmi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:44