Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

ISTIVO MASALASI

 
 

Tabaa tobeinlardan, hanafiy mazhabini Movarounahrga olib kirgan yetuk faqih va mujtahid imom Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy rahmatullohi alayh (217-hijriy sanada vafot etganlar) shunday deganlar:


الكيف مجهول لأن نفي العلم بالكيف لا ينفي إلا ما قد علم أصله كما نقول: إنا نقر بالله ونؤمن به ولا نعلم كيف هو


"(Istivoning) qandayligi noma'lum. Chunki, qandaylikni bilishni inkor etish uning asli bilinadigan narsani inkor etadi. Xuddi biz Allohga iqror bo‘lamiz, Unga iymon keltiramiz, biroq Uning qanday ekanini bilmaymiz deb aytishimizga o‘xshaydi".

Ibn Oshurning "Ahkomul-mutashabihot" kitobidan.

Soxta salafiylar "Alloh Arshga istivo qildi"mazmunidagi oyatni "Alloh Arshga o‘rnashdi", deb tafsir qilishadi. Buning natijasida Alloh taoloni osmonda degan e'tiqod qilishadi. Aslida bunday e'tiqod ahli sunnaning sof e'tiqodiga ziddir. Allohga makonni nisbat berish tarixda Karromiylar va mujassimalar firqasining e'tiqodi bo‘lgan.


Kiritilgan vaqti: 05/06/2021 11:33;   Ko‘rilganligi: 78
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/istivo-masalasi
Chop etilgan vaqti: 28/11/2021 04:39