Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

Allohning qadariga rozilik

 
 

Ziyod ibn Hasson xalifa Umar ibn Abdulazizning o‘g‘li Abdulmalikning dafnida qatnashdi. Umar ibn Abdulaziz tuproq tashlashni boshlab berdi.

Odamlar mayyitni ko‘mishdi, ikkita zaytun novdasini qabrning ikki chetiga – birini bosh tomoniga, ikkinchisini oyoq tomoniga qo‘yishdi. Umar qabrning old tomoniga o‘tib, qiblaga yuzlandi. Odamlar uning atrofida to‘planishdi. Umar: «O‘g‘lim! Sen otangga itoatkor farzand eding. Alloh seni menga berganida shunchalik xursand bo‘lgan edimki, undan oldin bu qadar masrur bo‘lmagan edim. Sen tufayli Alloh beradigan yaxshiliklarga umidim kuchli edi. Lekin endi, seni Alloh taqdir qilgan ushbu joyga keltirib qo‘yganimdan keyin Allohdan sen tufayli keladigan nasibamga umidim yanada kuchaydi. Alloh seni rahmatiga olsin, gunohlaringni mag‘firat qilsin va yaxshi amallaring bilan mukofotlasin. Haqqingga xayrli duo qilganlarning hoziriyu g‘oyibiga Allohning rahmati bo‘lsin. Allohning hukmiga rozimiz, amriga taslimmiz. Olamlarning Robbi Allohga hamd bo‘lsin», dedi-da, asta qadam bosib, qabristondan chiqib ketdi.

«Solihlar gulshani» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 26/05/2021 11:06;   Ko‘rilganligi: 61
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/allohning-qadariga-rozilik
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:10