Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Ақийда

Allohni osmonda desak nima bo‘ladi? 5- qism

 
 

Yani Alloh ilmi bilan birga, zoti bilan emas. Ular ham biz ham shu tafsirni aytamiz. Lekin nimaga quyidagi:

وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ

“U bandalari ustidan g‘olibdir”, oyatini “qahri bilan g‘olibdir”, demaysizlar. Axir bu oyatlar orasida farq yo‘qku.

U sizlar bilan birga – ilmi bilan.

U bandalari ustidan g‘olib – qahri bilan.

U Zot – U Zot.

Sizlar bilan – bandalari ustida.

Ilmi bilan – qahri bilan.

Gapning yo‘nalishi ham, grammatik ko‘rinishi ham bir xil. Ammo ma'no aytishda farqlaysizlar. Bu yerda ham sizlar aytgan gapni aytgan insonga yaxshi gumonda bo‘lasizlarda, sizlar aytmagan gapni aytgan inson sizlarning nazaringizda adashgan, zalolatda bo‘ladi. Jahmiylarni gapini aytgan xisoblanadi. Axir bu adolatsizlik emasmi?

Agar farazan ish aksincha bo‘lganida yaxshi bo‘lar edi. Ya'ni quyidagi gapni aslida hech kim aytmagan, balki bu oyatlarning barchasi tavil qilingan. Faqat, ushbu o‘rinda tushunishga qulay bo‘lishi uchun ular keltirgan oyatlarda ta'vil qilib, biz keltirganlarda ta'vil qilinmasa oldingi qilingan tafsirdan yaxshiroq bo‘lar edi. Yani quyidagicha:

Agar ular keltirgan oyatlarga nazar solsak, ularda ta'vil qilishga ishora bor. Biz keltirgan oyatlarda esa ta'vil qilishga ochiq ishoralar yo‘q. 4. “U bandalari ustidan Qohir Zotdir”. Qahri bilan ekaniga oyatdagi الْقَاهِرُ “qohir” so‘zi ishora qiladi. Lekin V. “U, qayerda bo‘lsangiz ham, siz bilan birga” oyatida bunday ishora yo‘q. Oyatning avvali yoki davomidan ishoralarni chiqarib olish mumkin. Lekin aynan avvalgi oyat kabi o‘sha jumlaning o‘zida ochiq ishora yo‘q. Nimaga ta'vil qilishga ochiq ishora bo‘la turib ta'vilni tark qilyapsizlaru, boshqa oyatlarda ochiq ishora bo‘lmasa ham ta'vilni qabul qilyapsizlar. Bizning mazhabda esa bu bobdagi barcha oyatlarda qoidamiz bir xil. Alloh Taoloni makondan poklamoq uchun shu ma'nodagi barcha oyatlarni ta'vil qilamiz. Ta'vil qilganda ham zohiriy ma'nosidan lug‘at ehtimol qilgan ma'nosiga ta'vil qilamiz. Butkul boshqa bir ma'noga emas. Alloh Taolo barcha bandalari ustidan qahri, qudrati, sultonligi bilan g‘olibdir deymiz, zoti bilan emas.

Yana bir ajablanarli tomoni shundaki

وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ

U bandalari ustidan g‘olibdir, oyatini aynan o‘xshashi biz aytgan ta'vilga ko‘ra, Qur'oni Karimda Fir'avn va Muso alayhissalom qissalarida uchraydi:

وَقَالَ الْمَلأ مِنْ قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَى وَقَوْمَهُ لِيُفْسِدُوا فِي الأرْضِ وَيَذَرَكَ وَآلِهَتَكَ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَاءَهُمْ وَنَسْتَحْيِي نِسَاءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَاهِرُونَ

Fir'avn qavmidan bo‘lgan zodagonlar: “seni va hudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzg‘unchilik qilishlariga yo‘l qo‘yib berasanmi?”-dedilar. U: “O‘g‘illarini o‘ldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr o‘tkazuvchimiz”,-dedi[20].

Ushbu oyatda Fir'avn: “Baniy Isroil ustidan qahr o‘tkazuvchimiz”, deganda “Fir'avn va uning askarlari Bani Isroil qavmining ustida zoti bilan turibdi”, deb biror aqli bor odam aytmaydi. Balki biz ular ustidan hukm qiluvchimiz, ular esa bizning xizmatkorlarimiz, qullarimiz degan ma'noda tushunadi. Xo‘sh endi bu oyatga nima deysizlar. Sizlar keltirgan oyat bilan so‘zma-so‘z bir xilda kelyapti, lekin ma'no biz ta'vil qilganimizdek bo‘lyapti.

Bu xolatni boshqa bir oyatda ham ko‘rishimiz mumkin.

إِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ

“Unga xush kalomlar yuksalur”. Ushbu oyatga hadislarda kelgan ma'nolar (farishtalar osmonga olib chiqishlari)ni qo‘shib, Allohga ko‘tarilur, demak Alloh osmonda yoki yuqorida deb dalillanasizlar.

Xuddi ushbu oyatga o‘xshash oyat Ibrohim alayhissalom qissalarida ham keladi. Ibrohim alayhissalomning qavmi u kishini yondirmoqchi bo‘lganlarida, Alloh najot beradi. Ibrohim alayhissalom qavmidan hijrat qilib ketayotganlarida quyidagi oyatdagi gapni aytadilar.

وَقَالَ إِنِّي ذَاهِبٌ إِلَى رَبِّي سَيَهْدِينِ

U: “Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur”, dedi[21].

“Robbimga borguvchiman”, deb, Muqaddas yer Falastinga hijrat qilib bordilar. Bu yerda ham biror aqlli inson: “Alloh Muqaddas yerda edi”, deb aytmaydi.

Oldingi oyat va bu oyat bir xil, yani

Allohga ko‘tarilur – Allohga borguvchiman.


Kiritilgan vaqti: 10/06/2021 10:39;   Ko‘rilganligi: 67
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/islam/aqidah/allohni-osmonda-desak-nima-boladi-5-qism
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:47