Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Жамият

Yo‘l – harakati xavsizligi borasida dinimiz talablari

 
 

Yerni yoyib, uni insonlarga bo‘ysundirib: “Bas, uning turli joylarida yuringlar” deb marhamat qilgan Parvardigori olamga beadad hamdu sanolar bo‘lsin.

Yer yuzida kamtarona, odob-axloq va go‘zal yurish turishlarni ko‘satgan sarvari koinot rasulimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo marhamat qiladi:

 

وَالَّذِي خَلَقَ الْأَزْوَاجَ كُلَّهَا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ الْفُلْكِ وَالْأَنْعَامِ مَا تَرْكَبُونَ

 

Ya'ni, “U barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qilgan Zotdir” (Zuxruf surasi, 12-oyat).

Qadimgi zamonlardan buyon odamlar ulov sifatida ushbu ikki xil naqliyot vositasidan foydalanib keladilar. Bu narsa Alloh taolo tomonidan berilgan ulkan ne'mat edi. Insofli, o‘zini bilgan inson o‘ziga minish ulovini berib, xizmat qildirib qo‘ygan Zotni doimo yaxshilik bilan eslab, Unga shukr etishi kerak.

Keyinchalik insonlar Alloh taolo ato etgan aql-zakovat va ilhom ila zamonaviy naqliyot vositalari – texnikalarni ixtiro qildilar. G‘ildiraklarda, temir izlarda, suvda va hatto havoda uchadigan vositalar shular jumlasidan. Biz hayotimizda eng ko‘p istifoda qiladiganimiz esa avtomashinilardir. Ular oziri vaqtga kelib shunchalik ko‘payib ketdiki, yo‘llarda uzundan uzun qator tirbandliklar paydo bo‘lmoqda. Har bir narsa tartib, intizom va qoida asosida amalga oshirilmas ekan u parokandalikka uchraydi. Xuddi shuningdek, avtomashinalar ham belgilangan yo‘llarda joriy qilingan qonun-qoidalar asosida harakatlanmas ekan natija nim bo‘lishi hammaga ayon. Xo‘sh, islom nuqtai nazarida yo‘l harakati xavfsizligi qanday o‘ringa ega:

Avvalo avtomashinani Alloh taoloning ne'mati deb bilish zarur.

To‘g‘ri e'tiqodda bo‘lishlik zarur. Ixlosli odam va'z nasihat va ibratlardan o‘ziga tezda foyda oladi. Ixlos Alloh taolo tomonidan bandaga beriladigan ulkan mukofotva ne'matdir.

Alloh taolo hadisi qudusiyda marhamat qiladi: “Ixlos mening sirlarimdan bir sirdir. O‘z bandalarimdan kimga muhabbat qilgan bo‘lsamo‘shaning qalbiga ixlosni joylayman. Unga farishta tanish bo‘lib yoza olmaydi ham, shayton tanish bo‘lib buza olmaydi ham.”

Mashinaga o‘tirganda nima deyiladi bilasizmi?!

 

سُبْحَانَ الَّذِي سَخَّرَ لَنَا هَذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِنِيْنَ، وَإِنَّا إلَي رَبِّنَا لَمُنْقَلِبُونَ

Subhanallazi saxxoro lana haza va maa kunnaa lahu muqriniyn. Va inna ila Robbina lamunqolibun. 

Ma'nosi: «Bizga buni bo‘ysundirib qo‘ygan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir. Biz bunga qodir emas edik va biz albatta Robbimizga qaytguvchimiz», deyiladi.

Siz ham mashinangizga tumor yoki shunga o‘xshash narsalar ilasizmi?!

Mashinaga tumor ilish va yomon e'tiqodda bo‘lishning zararlari. Tumorni nima maqsadda ilasiz?! Ko‘z tegmasligi uchun-mi?! Aynan ko‘z tegadi! Ishim yurishib ketsin deb ildingizmi?! Aynan ishingiz yurishmaydi!

Hadisi sharifda shunday marhamat qilinadi:

من علق تميمة فلا اتم الله له

“Kim tamima (tumor) ilib olsa, Alloh taolo uni maqsadiga yetkazmaydi.”

Rivoyatlarda shunday keladi:

O‘n kishilik bir jamoa keldi. Ular Rosulalloh sollallohu a'layhi vasallamga bay'at qilgani kelgan ekanlar. Rosulalloh sollallohu a'layhi vasallam to‘qqiz nafar odamning bay'atini qabul qilib bittasining bay'atini qabul qilmadilar. Shunda ulardan biri, “nega qabul qilmadingiz”, deb so‘rashdi.  Rosulalloh sollallohu a'layhi vasallam: “uning qo‘lida tamiymasi (tumori, ilib olgan narsasi) bor”, dedilar. Keyin u kishi tamiymasini (tumorini, ilib olgan narsasini) olib tashlaganidan keyin Rosulalloh sollallohu a'layhi vasallam bay'atini qabul qildilar.”

Tumorni ko‘z tegmasin, ishim yurishsin, balo kelmasin va turli boshqa maqsadlarda bo‘yniga, moshinasiga yoki cho‘ntagiga olib yuradimi demak uning e'tiqodi buzuq va Alloh taologa tavakkul va qadariga roziligining sustligi yoki yo‘qligidan bo‘ladi. Uning o‘rniga ma'sur duolar bor. Buni bizlarga Alloh va uning rasuli Qur'oni Karim va hadislarda batafsil ma'lumotlari kelgan.

Poklikka rioya qilish zarur. Musulmon odam o‘zining yuzini, qo‘lini, oyog‘ini va boshqa qaysi a'zolari bo‘lmasin toza bo‘lishini xoxlasa, minayotgan mashinasini ham pok qilib yurishi kerak bo‘ladi.

Sizga tumor sotayotgan odam, sizning ikki yoki uch yuz so‘mizga zor bo‘lib qarab o‘tirmasdi.

Tumor, bo‘ri yoki shunga o‘xshash turli xil ilib, biror narsaning ichiga solib qo‘yadigan va bog‘lab qo‘yadigan shunga o‘xshash narsalari bilan siz o‘z maqsadingizga yetib Alloh taolo sizga bitgan balo, ko‘z tegishi, ishizning yurishmasligini oldini olib hayotiz faqat rohat farog‘atda bo‘lganida edi, u sotuvchining o‘zi shuni taqaib sizning ikki yoki uch yuz so‘mizga zor bo‘lib qarab o‘tirmasdi. Chunki bularning birortasi yordam berolmaydi. Musulmon odam faqatgina Alloh taologa tavakkul, sabr va iymonda sobit bo‘lishi lozim.

Yo‘ldagi belgilar.

Yo‘lning tartib intizomi uchun kiritilgan qoidalar, shariat qoidalariga zid kelmasa va bunda insonlarning haq-huquqlari ham tartib topgan bo‘lsa, ularga amal qilish vojib hisoblanadi.

Musulmon kishi doim ziyrak bo‘ladi.

Musulmon kishi doimo ziyrak, xushyor va sergak bo‘ladi. O‘z ulovining tozaligiga, yurishiga, buzuq yoki buzuq bo‘lmaganligiga, shinalariga, moyi  bor-u yo‘qligiga va eng keraklisi yo‘lning qoidalariga e'tiborli bo‘lib o‘zining boshqa birodarlariga xalaqit bermaslikka intiladi. Haydovchiga barcha insonlar o‘zining hayoti, moli, jasadi va ruhini qo‘yib haydovchiga ishonib uning mashinasiga o‘tiradi. Endi haydovchi ham ularni sog‘-u salomat manzillariga olib borib qo‘yishi unga vojib bo‘ladi.

 

  Zafar Mahmudov - Samarqand shahar bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 04/06/2021 10:07;   Ko‘rilganligi: 68
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/articles/society/yol-harakati-xavsizligi-borasida-dinimiz-talablari
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 10:22