Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

Allohga tavakkal qilmoq

 
 

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

قال رسول الله ‎ﷺ: { مَنْ دَل عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ } رواه مسلم

Allohga tavakkal!

«...Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga Yetarlidir...»
(Taloq surasi: 3)

«Allohga tavakkal qildim».
Avvalo ushbu kalimaning ma'nosi:
Ushbu kalimani ko‘pchilik aytadi. Uni til bilan aytilsada aslida u qalb amallaridandir. Ba'zilar tongda, ba'zilar oqshom aytadi. Umuman olganda hamma har xil xolatda aytadi. Biroq bu sermazmun kalimaning ma'nosini ozchilik tushunadi. Mana shu tushunganlardan ham ozchiligi uni oddiygina aytilingan so‘zlik darajasidan, o‘zi bilan Allohu taoloning o‘rtasidagi kuchlik aloqa vositasi – uzilmas rishta darajasiga ko‘tara oladi.
Tavakkal o‘zingni barcha ishlaringda Alloh taologa topshirmog‘ing. U Alloh taologa ishonch va Uning qudrati, quvvati va ilmiga bo‘lgan iymondir. Demak u komil suratda Alloh subhanahu va taologa suyanishdir. Buning samarasi esa, Alloh taoloning ba'zi ism va sifatlariga amaliy ravishdagi komil iymondir.
Shuning uchun ham Imom Ibn al-Qayyim aytadilar: «Tavakkal dinning yarmi, ikkinchi yarmi esa, inobat — Allohga qaytmok (iqbol etmoq) – Unga tavba qilmokdir. Zero din Allohga ibodat, Uning O‘zidangina yordam so‘rashdir. Tavakkal Allohning O‘zidangina yordam so‘rash, inobat esa ibodatdir». (Madorijus-solihiynning saylanmasi: 336-sahifa) Demak, Alloh taoloning O‘zidangina yordam so‘ramog‘ing zaifligingni, (kelajakni) bilmasligingni tan olmog‘ing xamda U Buyuk Zotning ilmiga, qudratiga iymon keltirib, Unga bo‘yin egib, Undan kuch-quvvat talab qilib, U Zotni yaxshi ko‘rmog‘ing – bularning hammasi Alloh subhanahuga xolis qilingan ibodatlar jumlasidandir.
• Yusuf surasidagi «...Bas, Shayton u (Yusuf alayhissaslom)dan o‘z Robbisi (Alloh taolo)ni zikr qilishni (yodga olishni) unuttirdi...» 42-oyatning tahqiqi.
Ibn al-Qayyim ushbu oyat tafsirida shunday deydilar: ″Albatta, Alloh taoloning Yusuf alayhissalomni bir-necha yil zindonda qolib ketishlariga mahkum etishligi u zotning Alloh taolodan yordam so‘rashdan avval, o‘zlari kabi bir insondan yordam talab qilganliklari tomonidan keldi″,— degan ma'noni quvvatlaydilar. Yusuf alayhissalomning o‘zlaridek bir insondan yordam talab qilganliklari zindondan qutulishligi gumon qilingan yigitga: ″Meni robbing(ya'ni, hojang – podshoh) xuzurida yodga olgin!″, degan so‘zlarida namoyon bo‘ladi. Alloh taoloning: «Bas, Shayton u (Yusuf alayhissalom)dan o‘z Robbisi (Allox taolo)ni zikr qilishni (yodga olishni) unuttirdi» (ushbu ma'noni mufassirlardin Mujohid va Muqotildan rivoyat qilingan), degan so‘zining sharxi esa, ″Shayton Yusuf alayhissalomni Xaqiqiy, Buyuk Robbisini zikr qilib, Uning O‘zidangina yordam talab qilishini unuttirdi. Natijada u zot o‘zlari kabi insondan yordam talab qildilar. «Bas, (Yusuf alayhissalom) bir necha yil zindonda qolib ketdilar».

Samarqand shahar "Ruhobod" jome masjidi imom xatibi Amirov To‘lqin Barot o‘g‘li


Kiritilgan vaqti: 20/03/2021 11:52;   Ko‘rilganligi: 147
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/allohga-tavakkal-qilmoq
Chop etilgan vaqti: 28/11/2021 04:04