Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

Alloh yo‘lida do‘stlashish odob va huquqlari. 2- qism

 
 

بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم.

Bismillahir rohmanir rohiym

Olamlar Rabbisi Allohga hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad sallohu alayhi vassallamga va u zotning ahli va as'hobiga salavotu salomlar bo‘lsin

قال رسول الله ‎ﷺ: { مَنْ دَل عَلَى خَيْرٍفَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ }  رواه مسلم

Abu Bakr raziyallohu anhu: Siddiqning Umar ibn Xattobga qilgan vasiyati
Siddiqning vafotidan so‘ng Umar raziyallohu anhuga qaytadan bay'at qilinmadi, balki u o‘sha zahoti musulmonlarning xalifasi sifatida o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Umar raziyallohu anhu xalifalikka ummatning muhim qaror qabul qilishga layoqatli eng sara kishilari ittifoqi bilan tayin bo‘ldi. O‘shalar Abu Bakrga bir kishini xalifalikka tanlash vakolatini berdilar va uni bu ish uchun o‘zlaridan vakil qildilar. U avval bir necha bor kengash o‘tkazib, shundan keyingina xalifa tayin qildi. Keyin bu qarorini xalqqa ma'lum qilib, ularning qo‘llovini va roziligini oldi. Ummat ichidagi oqsoqollar kengashi ushbu ummatning tabiiy vakillaridir. Demak, Umar raziyallohu anhuning xalifalikka tayin qilinishi sho‘roning eng to‘g‘ri va eng adolatli uslubiga ko‘ra amalga oshgani ma'lum bo‘ldi.
Abu Bakr Siddiqning o‘zidan keyingi xalifani tayinlash yo‘lida qo‘ygan qadamlari garchi ilgari Abu Bakrning xalifa qilinishidagi chora-tadbirlardan farqli kechgan esa-da, har qanday holda ham bu ish sho‘roga muvofiq ish bo‘ldi. Hokazo, Umar raziyallohu anhuning xalifaligiga bay'at sho‘ro va ittifoq orqali amalga oshdi.
Abu Bakr Siddiqning Umar ibn Xattobga qilgan vasiyati
Siddiq o‘z zimmasidagi mas'uliyatdan xorij bo‘lish uchun va bor kuchini sarflaganidan keyin Rabbi huzuriga har qanday javobgarlikdan xoli bo‘lib yo‘l olish uchun Foruq bilan yolg‘iz qolib, unga bir qancha vasiyatlar qildi. Uning vasiyatida jumladan, shu so‘zlar bor edi:
“Ey Umar, Allohdan qo‘rqing! Bilingki, Alloh uchun kunduzda qilinadigan amal borki, kechasi uni qabul qilmaydi. Alloh uchun tunda qilinadigan amal borki, kunduzi uni qabul qilmaydi. Farz ibodatlar ado etilmaguncha nafl ibodatlar maqbul bo‘lmaydi. Qiyomat kuni kishining tarozisi og‘ir kelishi faqat bu dunyoda haqqa ergashishi bilan hosil bo‘ladi. Tarozisi yengil kelishi esa botilga ergashishi tufayli bo‘ladi. Alloh taolo mo‘minlarda rag‘bat paydo bo‘lishi uchun rahmat oyatini, qo‘rquv paydo bo‘lishi uchun azob oyatini zikr etdi. Toki banda umid va qo‘rquv o‘rtasida bo‘lsin, Allohga nisbatan xom xayollarga ham berilmasin, Uning rahmatidan butunlay umidsiz ham bo‘lmasin. Alloh taolo jannat ahlini zikr qilar ekan, ularni yaxshi amallari bilan zikr qildi va yomonliklaridan kechdi. Ularni esga olganimda men ular safiga qo‘shila olmaslikdan qo‘rqaman. Alloh taolo do‘zax ahlini zikr qilar ekan, ularni yomon ishlari bilan tilga oldi va yaxshiliklarini rad qildi. Men ularni esga olganimda o‘shalardan bo‘lib qolmaslikni orzu qilaman. Agar ushbu vasiyatimni yodda tutsangiz, g‘ayb narsalar ichida siz uchun o‘limdan suyuklirog‘i bo‘lmaydi. Holbuki, o‘limdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Agar bu vasiyatimni zoye qilsangiz, g‘ayb narsalar ichida hech narsa siz uchun o‘limdan ko‘ra manfurroq bo‘lmaydi. Holbuki, o‘lim muqarrar, undan qochib qutilish imkonsiz”

Samarqand shahar "Ruhobod" jome masjidi imom xatibi Amirov To‘lqin Barot o‘g‘li.


Kiritilgan vaqti: 23/03/2021 10:27;   Ko‘rilganligi: 67
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/alloh-yolida-dostlashish-odob-va-huquqlari-2-qism
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:20