Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Таълим-тарбия

12 yoshli muslima dunyodagi eng yosh muslima yozuvchi deb tan olindi

 
 

Ritay al-Hazmi 12 yoshda. U Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan taqdimotda dunyodagi eng yosh muslima yozuvchi unvoniga sazovor bo‘ldi. Uning ikkita romani nashr etilgandan so‘ng yosh muslima Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

“O‘qishni o‘rgangan kunimdan boshlab, men ijod qilishni, yozishni, dunyo bilan fikr almashishni orzu qildim", deydi u o‘zi haqida gapira turib.
Uning "Yo‘qolgan dengiz xazinasi" nomli birinchi kitobi o‘quvchilarni o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilishga undaydi. U 2020 yildan “Beyond The Future World” ("Kelajak dunyosidan tashqarida") nomli uchinchi kitobini yozishni boshladi.
Ritay al-Hazmi nafaqat kitob yozadi, mutolaa qiladi, balki adabiy-badiiy bilimlarni o‘rganishni istagan har bir kishiga o‘z seminar-treninglarini tashkil etib, o‘rgatib bormoqda.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2021 15:52;   Ko‘rilganligi: 76
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/articles/eductaion/12-yoshli-muslima-dunyodagi-eng-yosh-muslima-yozuvchi-deb-tan-olindi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 21:01