Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Маданият

MO‘MINNING HAR QANDAY HOLI FOYDADIR!

 
 

ِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيم.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

قال رسول الله ‎ﷺ: { مَنْ دَل عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ } رواه مسلم

MO‘MINNING HAR QANDAY HOLI FOYDADIR

"Mo‘min kishi manfaatli kishidir. Uning har bir ishi senga naf keltiradi. Agar u bilan maslahatlashsang, senga nafi tegadi. Agar u bilan hamkorlik- sherikchilik qilsang, bu ham senga foyda keltiradi. Mŭ'min kishining har bir ishi va xatti-harakati manfaatdir"

Mo‘min kishi qanchalik faqir va zaif bo‘lmasin, u har qanday holda manfaat ustidadir. Ya'ni boshqalarga har tomonlama foydasi tegadigan, lekin hech kimga ziyëni yetmaĭdigan kishidir. U boshqalarning foĭdasini ko‘zlaydi, boshqalarning manfaati uchun xizmat qiladi. Haqiqiĭ mo‘min ana shundaĭ bo‘lishi kerak. Bunday kishilar bilan safarga chiqsang, undan faqat foĭda ko‘rasan. Senga aslo yuk bŭlmaydi. Haqlarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar u bilan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, senga foydali bo‘lgan fikr aĭtadi. Ŭzi qaĭsi ishni to‘g‘ri deb bilsa, senga o‘sha ishni ŭrgatadi, senga foydali bŭlishni xohlaydi.

Shuningdek, u bilan biror ishda hamkorlik qilsang, tamoman foyda-manfaatga ega bo‘lasan. O‘z haqqi bilan sening manfaating uchun ham harakat qiladi. Hamkori yosh bŭlsa, "Uning pulga ehtiyëji bor" deb o‘z haqidan ortiqroq beradi. Agar keksa bo‘lsa, "Bundan buyon bu odam ishlay olmaĭdi, unga yordam berish kerak", deb uning uchun ham himmatini ayamaĭdi.

Mo‘min kishi har jihatdan, har narsada, har sohada foyda-manfaatdan xoli emas. Mana shundaĭ mo‘min bo‘la olmoq davlatini Haq barchamizga nasib etsin.

"Insonlarning yaxshisi boshqalarga foydalirog‘idir", Jobir ibn Abdulloh raziĭallohu anhu rivoyat qilgan hadisi sharifdagi insonlarning xayrlisi degani, yetuk va komil bir mo‘min deganidir. Shundaĭ bo‘lgach, albatta foydali bir inson bŭladi. Aksincha, insonlarning yomoni esa, boshqalarga zarari tegadiganidir

Hazrat Vojibul vujudning shu qadar ko‘p tajalliyoti borki, sanab yetish imkonsizdir. Shuning uchun har bir inson Haq taoloning boshqa-boshqa tajalliysiga muvaffaqdir. Agar mo‘minlar har doim bir tajalliĭning muyassari bŭlsalar, dunyoning mazasi qolmas edi. Alloh bandalarining har biriga alohida-alohida kasb-hunarlarni, savdolarni, bilimlarni, muhitlarni, shaharlarni sevdirish orqali tajalliyni lutf qilgan.

Haqiqiy musulmonlar yaxshi-yomon, oson-qiyin, pullik-pulsiz ishlarda ham birday o‘z ishlarini sevib-sevib bajaradilar va istiqomat qilayëtgan joĭlari-yu ishlaridan mamnun bo‘laveradilar. Hatto issiq-sovuq muhitlar, tog‘-adir bo‘lsin, shu turgan joylariga ham rozi bo‘lib, qilayotgan ishlarida sabotli bo‘ladilar. Agar hamma bir hunar, bir tijorat, bir ilmga berilganda edi, doim bir xil ish yoki maslak bilan shug‘ullanganlari uchun kŭplari bekor qolib, dunyoning taraqqiyoti va madaniyati bugungidek har sohada rivojlangan bo‘lmas edi. Demak, barchasida Allohning boshqa-boshqa hikmatlari, tajalliylari mavjud, bandasining vazifasi: har qanday holga rozi bo‘lib, shukr qilishdir. Yaratgan Alloh barchamizni O‘zi rozi bo‘lgan amallarni bajarish chog‘ida jon beradigan bandalaridan qilsin!

Amirov To‘lqin Barot o‘g‘li


Kiritilgan vaqti: 12/02/2021 12:21;   Ko‘rilganligi: 85
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/articles/culture/mominning-har-qanday-holi-foydadir
Chop etilgan vaqti: 30/11/2021 04:15