Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

TURMUSH TARZI

 
 

"Bir kuni Tovusiyyada darsda edim. Bir kishi darsdan ta'sirlanib o‘rnidan turdi va so‘zimni bo‘lib dedi:
- Ustoz! Sizdan juda ta'sirli, ajoyib gaplar eshitamiz. Uyga borgach unutamiz. Yana avvalgi holimizga qaytamiz. Bunga nima yechim bor?

Men dedim:
- Turmush tarzingizni o‘zgartiring. Sizning turmush tarzingiz, atrofingizdagi oshnolaringiz buzuq. Ular sizga masalan: "Kel, tennis o‘ynaymiz", deyishadi. Ayollardan gaplashasizlar, bekorchi gaplardan gaplashasizlar, g‘iybat qilasizlar, chaqimchilik qilasizlar. Agar sizlar yashash tarzingizni o‘zgartirmasangiz hech qachon yechim topa olmaysizlar.
Siz turmush tarzingizni o‘zgartirishingiz kerak. Yangi sharoitda, mo‘min bo‘lib, omonatdor, rostgo‘y, iffatli bo‘lishingiz, tavba qilishingiz, o‘zaro nasihatda bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. Ana shunda mening gaplarim siz uchun doimiy ta'sir kuchiga ega bo‘ladi.

Shayx Muhammad Rotib Nobulsiy


Kiritilgan vaqti: 01/05/2021 13:59;   Ko‘rilganligi: 82
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/turmush-tarzi
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 09:38