Samarqand viloyati Samarqand shahar Bosh imom-xatibligi w w w . s a v a d - u l - a z a m . u z

Долзарб мавзу

DARS

 
 

Bugungi musulmonlar din haqiqatlarini chuqur tushunmaganlari sababli dushmanlariga qarshi Allohdan mo‘jiza kutib yashashadi. Dushmanlarining esa kuch-quvvati ziyoda bo‘lib boraveradi. Bu soddalikdir.

Alloh azza va jalla aytadi:
"Ular uchun qo‘lingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyor qo‘yingiz, bu bilan Allohning dushmanini, o‘z dushmaningizni va ulardan boshqa o‘zingiz bilmaydiganlarni qo‘rqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yo‘lida nimani sarf qilsangiz, sizga to‘liq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas".
Anfol surasi, 60-oyat

Ularga qarshi sen yetarlicha qurol-aslaha va boshqa lozim narsalarni hozirlaganingdan so‘ng duo qil:
"Allohim! Sen nusrat berguvchisan, Sen tavfiq beruvchisan, Sen muhofaza qiluvchisan, Sen quvvatlovchisan".

Sabablarni go‘yo ular hamma narsadek tutish lozim. So‘ngra Allohga go‘yo sabablarning foydasi yo‘qdek tavakkul qilish kerak.
Bugun musulmonlar bu darsga kechagidan ko‘ra ko‘proq muhtojdirlar!

Shayx Muhammad Rotib Nobulsiy


Kiritilgan vaqti: 25/05/2021 10:33;   Ko‘rilganligi: 78
 
Material manzili: https://www.savad-ul-azam.uz/oz/articles/actual/dars
Chop etilgan vaqti: 04/12/2021 18:06